Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Yangiliklar

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” xalqaro aviatsiya forumida ishtirok etmoqda

2020 19 Fevral

Bugun, 19-fevral kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Fair Exhibition Organizers” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Quvayt, Misr, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlardan 60 dan ortiq eksponentlar, 300 delegatlar va 1200 dan ortiq mutaxassislar, shuningdek, xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar rahbariyati, aeroportlar, aviatsiya va transport kompaniyalarining mansabdor vakillari shtirok etmoqda.

Forum bilan bir qatorda, xalqaro tashuvchi-kompaniyalar, aeroportlar va turoperatorlar bilan birgalikda "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ham o‘z xizmatlarini taklif etayotgan ko‘rgazma ham ishlamoqda.

Tadbirdan fotoreportaj

exb

exb

exb

exb

exb

exb

exb

exb

exb

exb

exb