Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ uchuvchilarni ishga qabul qiladi

2024 26 Mart
1970
Ulashing

Uzbekistan Airways Airbus A320/321 rusumidagi havo kemalari komandiri va ikkinchi uchuvchi lavozimlariga talabgorlarni ishga taklif etadi!

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • А320/321 havo kemalari uchun ruxsatnoma;
  • FA uchuvchisining amaldagi guvohnomasi (АTPL);
  • Amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);  
  • ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
  • Hujjat topshirayotgan vaqtda belgilangan havo kemasida yuqorida ko‘rsatilgan lavozimda 9 (to‘qqiz) oydan koʻp bo‘lmagan muddatda parvoz ishidagi tanaffus;
  • Tugallangan fuqarolik yoki harbiy aviatsiya uchuvchisi ma’lumoti;
  • Tugallangan oliy aviatsiya yoki oliy texnik ma’lumot (HKK);
  • HKKlar uchun A320/321 turidagi havo kemalarda parvoz vaqti – kamida 1000 soat, ikkinchi uchuvchilar uchun – kamida 500 soat;
  • Havo kemalari ekipajida tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish.
  • Chet el fuqarolari uchun kamida 5 (besh) yillik parvoz tajribasi;
  • Guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
  • Qabul yoshi – 55 yoshgacha!

 


Hujjatlar quyidagi elektron pochtaga yuborilsin: pilot.career@uzairways.com

Saralashning rejalashtirilgan sanasi 22.04.2023, Toshkent shahrida.

 

Tanlov bosqichlari:

  1. Suhbat;
  2. ICAO shkalasi bo‘yicha inliz tili darajasini tekshirish;
  3. Trenajyor sinov.

 

Shartnoma tuzish muddati12 oy; 36 oy.

 

  • Tanlov ishtirokchilari tanlov o‘tkaziladigan joyga va ortga qaytish uchun “Uzbekistan airways” AJ reyslariga aviachiptalar taqdim etiladi;
  • HKK uchun oylik maosh 8000 AQSH dollaridan, ikkinchi uchuvchi uchun esa 3000 AQSH dollaridan boshlanadi;
  • Mehnat ta’tili 45 ish kunigacha;
  • Uchuvchi va oilasi uchun yilda bir marta chegirmali aviachiptalar beriladi.
  • Yashash joyi uchun to‘lov – 500$.

 

Eslatma: To‘ldirishingiz va yuborishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.

 

PDF-ni yuklab oling