Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va boshqaruv tarkibi bilan o‘tkazilgan rejali o‘quv-uslubiy mashg‘ulot yakunlari

2026 16 Oktabr
Ulashing

O‘quv-uslubiy mashg‘ulotni (obyekt miqyosidagi o‘quv mashqini) o‘tkazishdan maqsad – tarkibiy bo‘linmalar rahbariyatining tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar (zilzila va binolardagi yong‘in) yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat bo‘lib, xususan, quyidagilar belgilab olindi:

  • yong‘in sodir bo‘lganda “UAS” filiali va O‘zaro hisob-kitoblar departamentining alohida joylashgan binolarida ishlovchi rahbariyat va xodimlarni, shuningdek, Toshkent shahar FVDT (Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi) hududiy quyi tizimining tezkor chora ko‘rish xizmatlarini xabardor qilish va aloqa o‘rnatish tartibi;
  • yong‘in vaqtida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari (“OP-2” va “OP-5” o‘t o‘chirgichlari)dan to‘g‘ri foydalanish va uning tartibi;
  • yong‘in vaqtida xodimlarni binolardan zudlik bilan evakuatsiya qilish, xodimlar yig‘ilishi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun xavfsiz joylarni belgilash tartibi; 
  • fuqaro muhofazasining shtatdan tashqari tuzilmalari (sanitariya postlari va ixtiyoriy yong‘in o‘chirish drujinalari) tomonidan binolarda va jabrlanganlar yig‘ilgan joylarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish tartibi;
  • qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishda Toshkent shahar FVDT hududiy quyi tizimining tezkor chora ko‘rish xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish tartibi.

O‘quv-uslubiy mashg‘ulot "Uzbekistan Airways" AJning Ikkinchi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimot materiallari va o‘quv videofilmlari asosida o‘tkazildi.

“Uzbekistan Airways” AJ fuqaro muhofazasining yuqorida ko‘rsatilgan rejali tadbiri yakunlariga ko‘ra, barcha o‘quv masalalari amaliyotda ko‘rib chiqildi va qo‘yilgan maqsadlarga erishildi, tarkibiy bo‘linmalarning qo‘mondonlik-rahbariyat tarkibi o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirdi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?