Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ bortkuzatuvchilik sertifikatiga ega va boshqa aviakompaniyalarda faoliyat yuritgan bortkuzatuvchilarni ishga qabul qilishni e’lon qiladi.

2022 18 Avgust
12190
Ulashing

Talablar:

  1. Yosh – 30 yoshdan oshmagan ;
  2. Bortkuzatuvchilik lavozimida 3 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlgan ;
  3. Boʻy (qizlar 165-175 sm , yigitlar 175-185 sm. );
  4. Kelishgan qomat , ortiqcha vaznga moyilligi yoʻq ;
  5. Mustahkam salomatlik ( mutlaqo sog’lom) ;
  6. Oʻzbek,rus va ingliz tillarini bilish .

Lavozim majburiyatlari:

  • parvoz vaqtida yoʻlovchilarning xavfsizligini ta’minlash;
  • yoʻlovchilarga va ekipaj a’zolariga xizmat koʻrsatish;
  • kerakli hujjatlarni yuritish (olib borish).

Rezyumeingizni quyidagi elektron pochtaga yuboring: Erkin.Alimov@uzarways.com (rezyume topshirilayotgan lavozim koʻrsatilishi shart ) .

Rezyume toʻldirish (quyidagi havola orqali yuklab oling https://corp.uzairways.com/ru/node/1391 ).

Rezyumeda toʻliq boʻyingizni koʻrsatuvchi fotosurat va yuzning yirik planda olingan surati (Photoshop ishlatmasdan) ilova qilinishi kerak.

Ma’lumot uchun telefonlar: +99878-140-45-82 \ +99878-140-53-64

PDF-ni yuklab oling