Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Uzbekistan Airways" AJ bortkuzatuvchilari o‘rtasida “Biz halollik tarafdorimiz!”, "Biz korrupsiyaga qarshimiz" ijodiy chellenji o‘tkazildi. Tashabbusning maqsadi – korporativ halollik madaniyatini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va korrupsiyaning oldini olish uchun har bir kishining shaxsiy mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.

Chellenj doirasida ishtirokchilar shaffoflik, korrupsiyaga qarshi axloq va qonunbuzarliklarga nisbatan murosasizlik muhimligini aks ettiruvchi plakatlarni taqdim etdilar. Bortkuzatuvchilar orasida Bortkuzatuvchilar xizmati departamenti rahbariyati tomonidan kompaniya xodimlarining halolligini ta’minlaydigan Korporativ odob-axloq kodeksi va Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga rioya qilish zarurligi haqida suhbat o‘tkazildi.


Bortkuzatuvchilari dolzarb masalalarni muhokama qilishda faol ishtirok etish bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurash shaxsiy qadriyatlar va kundalik kasbiy qarorlardan boshlanishini ko‘rsatib, mavzuni chuqur tushunishlarini namoyish etdilar.
Barcha yangiliklar