Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways airBaltic bilan kod-shering kelishuvi haqida e’lon qiladi

2021 6 Dekabr
281
Ulashing

Uzbekistan Airways va airBaltic qoʻshma sheriklik qatnovlari toʻgʻrisidagi yangi bitim asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, yoʻlovchilar uchun Oʻzbekiston va Latviya poytaxtlari oʻrtasida qulay sayohat imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Yangi shartnomaga muvofiq, 2021-yil 22-noyabrdan boshlab airBaltic Uzbekistan Airways’ning Toshkent va Riga oʻrtasidagi reyslarida oʻz marketing kodlarini oʻrindiqlar kvotasini cheklovsiz joylashtiradi. Shunday qilib, airBaltic mijozlari uchun Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi shaharlar bilan aloqa yaxshilanadi, Uzbekistan Airways yoʻlovchilari esa Yevropa airBaltic tarmogʻining qulay imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladilar.

“Biz airBaltic bilan hamkorligimizni kengaytirish va Yevropada yoʻnalish tarmogʻini yanada mustahkamlashdan mamnunmiz. Oʻzbekiston dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sayyohlik yoʻnalishlaridan biri boʻlib, airBaltic bilan hamkorlik yoʻlovchilarga Yevropa shaharlaridan Oʻzbekistonga – Markaziy Osiyo durdonasi – Toshkent xab aeroporti orqali yanada qulay sayohat qilish imkonini beradi deb ishonamiz” – deya ta’kidladi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi.

Volfgang Rays (Wolfgang Reuss), airBaltic yoʻnalish tarmogʻini boshqarish boʻyicha yetakchi vitse-prezidenti: “Biz Oʻzbekistondan Riga va boshqa davlatlarga ham qulay va arzon sayohat qilish imkoniyatini taklif etishga intilmoqdamiz. Ushbu qadam bilan biz Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan vaqt sinovidan oʻtgan hamkorligimizni yanada yaxshilaymiz va Oʻzbekiston bilan Latviya oʻrtasidagi havo qatnovini mustahkamlaymiz”.   

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling