Uzbekistan Airways Koreya turizm tashkiloti (Korean Tourism Organization) tomonidan tashkillashtirilgan turizm sohasidagi muhim tadbir — 2025 Korea Night B2B Travel Connect’da faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan, xususan, Oʻzbekistondan Koreya Respublikasiga yoʻlovchi oqimining barqaror oʻsib borayotgani qayd etildi. Ishtirokchilar turizmning asosiy yoʻnalishlari: tibbiy va taʼlim dasturlari, shuningdek, oʻquvchilar uchun yozgi taʼtil paytida bilim beruvchi maktab lagerlarini tashkil etishga bagʻishlangan qator muzokaralar oʻtkazdilar.

Uzbekistan Airways aviatashuv sohasidagi keng imkoniyatlarini, shuningdek, Oʻzbekistonning yuqori turizm salohiyatini taqdim etdi. Aviakompaniya hamkorlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan, butun dunyo boʻylab qulay aloqani taʼminlovchi interlayn va kod-sher aviaqatnovlariga alohida eʼtibor qaratildi.


Tadbir yetakchi turizm kompaniyalari vakillari bilan samarali B2B-uchrashuvlarni qamrab oldi. Tadbirning eng yorqin lahzasi Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishi bo‘yicha ikkita aviachipta oʻyini boʻldi. Bu ishtirokchilar orasida katta qiziqish uygʻotdi.


Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishida Boeing 787 Dreamliner rusumli shinam avialaynerlarda har kuni parvozlarni amalga oshiradi va yoʻlovchilarga yuksak darajadagi xizmat hamda ishonchlilikni taklif etadi.
Barcha yangiliklar