«Uzbekistan Airways» AJ 10-IOSA (IATA Operational Safety Audit) auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Aviakompaniya ilk bor IOSA sertifikatini 2008-yilda qo‘lga kiritgan bo‘lib, shundan buyon har ikki yilda ekspluatatsion xavfsizlikning xalqaro standartlariga muvofiqligini tasdiqlab kelmoqda.
Navbatdagi audit natijalari aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro standartlar va tavsiya etilgan amaliyotga barqaror muvofiqligini, shuningdek, joriy etilgan xavfsizlikni boshqarish tizimining samaradorligini tasdiqlaydi.
IOSA auditlaridan izchil o‘tish «Uzbekistan Airways» AJning parvozlar xavfsizligi darajasi, operatsion ishonchlilik va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlash hamda doimiy ravishda oshirib borishga bo‘lgan tizimli yondashuvini aks ettiradi.
Aviakompaniya parvozlar xavfsizligi va sifat sohasidagi siyosatni xalqaro talablar hamda sohaning eng ilg‘or amaliyotlariga muvofiq ravishda ro'yobga chiqarishda davom etadi.
Barcha yangiliklar