Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Turkiya mamlakatga kirish uchun yangi talablarni kiritdi

2021 27 Oktabr
Ulashing

14-oktabrdan boshlab, chet eldan Turkiyaga kelayotgan 12 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar SARS-COV-2 salbiy PZR-testini taqdim etmasdan qabul qilinadi. Eslatib oʻtamiz, ilgari ushbu chora-tadbirlardan faqat 6 yoshgacha boʻlgan bolalar ozod qilingan edi.

Turkiyaga kelayotgan boshqa barcha yoʻlovchilar oʻzlari oxirgi emlashdan kamida 14 kun oʻtganidan keyin toʻliq emlash kursini tugatganligi toʻgʻrisida amaldagi sertifikat yoki oxirgi 6 oy ichida COVID-19 dan sog‘ayib ketganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlishi shart. Ushbu ma’lumot Turkiya hukumati tomonidan e’lon qilindi.

«Turkiyaga kirayotganda 12 yoshgacha boʻlgan bolalar emlash sertifikatlari yoki PZR-test natijalarini taqdim qilishdan ozod qilinadi», – deyiladi bayonotda.

Ushbu sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda, yoʻlovchiga Turkiyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan SARS-COV-2 PZR-testini salbiy natijasini yoki Turkiyaga kelishidan 48 soat oldin antitanachalarga topshirilgan ekspress-testini salbiy natijasini taqdim etish talab etiladi.

COVID-19dan toʻliq emlash kursidan oʻtmagan Turkiyaga kelayotgan yoʻlovchilar 14 kunlik oʻz-oʻzini yakkalash rejimiga joylashtirilishlari mumkin.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling