Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari bilan ochiq muloqot

2024 8 Fevral
226
Ulashing

2024-yil 8-fevral kuni “Uzbekistan Airways” AJ va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘quv-mashq markazi binosida aviakompaniya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va aviatsiya sohasida ishlashni orzu qilgan talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto1

“Savol-javob” formatida o‘tgan uchrashuvda 100 ga yaqin talaba, xususan, aerokosmik muhandislik fakulteti talabalari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilarining har biri “Uzbekistan Airways” AJda ishlaydigan mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savol va ularga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Foto2

Shuningdek, Toshkentdagi Uzbekistan Airways va Turin politexnika universiteti o‘rtasida zamonaviy aviatsiya texnikasini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandis-texnik kadrlar va texnik sohalardagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha loyihalar, dasturlar, tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto3

Uchuvchi kasbini egallashni orzu qilgan talabalarga “O‘quv-mashq markazi”da o‘qish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashni istagan yoshlar “Uzbekistan Airways Technics”da ishga joylashish tafsilotlari haqida ham bilib oldilar.

Foto4

 

PDF-ni yuklab oling