Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Termiz xalqaro aeroportining yopilishi

2022 23 Oktabr
112
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati “Termiz” xalqaro aeroportining yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan, joriy yilning 1-noyabridan 25-dekabga qadar “Uzbekistan Airways” AJning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent – Termiz – Toshkent, HY-609/610 Termiz – Moskva – Termiz, HY-711/712 Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshirilishini ma’lum qiladi (mahalliy vaqt):

 

HY-069/070 Toshkent – Qarshi – Toshkent qatnovi

Toshkentdan uchish: 21:00 seshanba va juma kunlari

Qarshiga yetib borish: 22:00

Qarshidan uchish: 23:30 chorshanba va shanba kunlari

Toshkentga yetib borish: ertangi kun bilan 00:40

 

HY-065/066 Toshkent – Qarshi – Toshkent qatnovi payshanba kunlari

Toshkentdan uchish: 06:40

Qarshiga yetib borish: 07:40

Qarshidan uchish: 22:00

Toshkentga yetib borish: 23:00

 

HY-609/610 Qarshi – Moskva – Qarshi va HY-711/712 Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi qatnovlari amaldagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Barcha HY-065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent, ya’ni Toshkent – Qarshi – Toshkent qatnovlari payshanba kunidan tashqari bekor qilinadi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.

 

PDF-ni yuklab oling