Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Sharqiy” xabning rivojlanishi

2023 17 Mart
236
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy” xabdan parvozlar geografiyasini kengaytirib, parvozlar sonini haftasiga oshirmoqda. 2023-yilning 27-martidan boshlab Namangan – Orenburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar tiklanyapti. Parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.  

  • Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 07:05 da
  • Orenburgga kelish mahalliy vaqt bilan (Orenburg) soat 10:30 da
  • Orenburgdan uchish mahalliy vaqt bilan (Orenburg) soat 12:00 da
  • Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 15:10 da

Shuningdek, 2023-yilning 31-martidan boshlabUzbekistan Airways Namangandan Yekaterinburgga parvozlar sonini oshiradi. Namangan – Yekaterinburg – Namangan yoʻnalishi boʻyicha muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar haftasiga ikki marta, dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

  • Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 07:05 da
  • Yekaterinburgga kelish mahalliy vaqt bilan (Yekaterinburg) soat 10:30 da
  • Yekaterinburgdan uchish mahalliy vaqt bilan (Yekaterinburg) soat 12:00 da
  • Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 15:10 da    

Aviaqatnovlar narxlari quyidagicha:

  • Namangan – Orenburg – 1 718 823 so‘mdan
  • Namangan – Orenburg – Namangan – 2 361 768 so‘mdan
  • Namangan – Yekaterinburg – 2 271 935 so‘mdan  
  • Namangan – Yekaterinburg – Namangan – 3 180 807 so‘mdan

Uzbekistan Airways “Sharqiy” xabni rivojlantirish doirasida 31-martdan boshlab, har hafta juma kunlari Namangan – Nijnevartovsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

  • Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 16:00 da
  • Nijnevartovskga kelish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 19:45 da
  • Nijnevartovskdan uchish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 21:45 da
  • Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 01:35 da

Namangan – Nijnevartovsk yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 1 962 078 so‘mdan, Namangan – Nijnevartovsk – Namangan esa 2 701 568 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 2023-yil 17-mart holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling