Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Samarqand xalqaro aeroportining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2022 18 Mart
956
Ulashing

2022-yil 18-mart kuni Samarqand shahrida Samarqand xalqaro aeroportining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Airways shu kuni Toshkent – Samarqand yo‘nalishida Samarqand xalqaro aeroportiga birinchi parvozni amalga oshirdi.

Tadbirda “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlari rahbariyati, transport, turizm va madaniy meros vazirliklari, tegishli idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Bugun butun dunyoda turizm sohasi sezilarli darajada rivojlanmoqda va albatta, sayohatchilar soni ham ortib bormoqda. Mintaqamizda xalqaro turizmni rivojlantirish salohiyati juda katta. Yigirma yil muqaddam O‘zbekiston dunyoga istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida ma’um emas edi. Samarqandda bunday noyob majmuaning barpo etilishi ushbu esa mintaqaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga katta turtki beradi. Yangi zamonaviy aerovokzalning ishga tushirilishi ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatdir.

“So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan transport-logistika infratuzilmasini, shu jumladan, turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunday zamonaviy kompleksni ochilishi bizning aviakompaniyamiz uchun ajoyib imkoniyatdir. Birinchidan, yo‘nalish parvozlarini sonini, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirishga xizmat qiladi. Samarqand xalqaro aeroporti kabi xab yurtimizga kelayotgan yo‘lovchilarga sifatli, qulay va tezroq xizmat ko‘rsatish imkoni yaratadi”, – Ilhom Mahkamov, “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi. 

Samarqand xalqaro aeroporti xabi kengayishini hisobga olib, Uzbekistan Airways 2022-yilga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda: 

* Samarqand – Moskva – Samarqand, haftasiga 3 marotaba

* Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, haftasiga 2 marotaba

* Samarqand – Istanbul – Samarqand, haftasiga 3 marotaba

* Samarqand – Olmaota – Samarqand, haftasiga 2 marotaba

* Samarqand – Toshkent – Samarqand, haftasiga 3 marotaba

Shuningdek, aviakompaniya aviaparkidan kelib chiqqan holda, 2023-yilda yo‘nalish tarmog‘ini rivojlantirish va yangi Sharja va Krasnoyarsk marshrutlarni ochish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2023-2024-yillarda talabga qarab, boshqa yangi yo‘nalishlarni, ayniqsa Sochi va Novosibirsk ochish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Tadbir ishtirokchilari, OAV vakillari Samarqandning zamonaviy aeroporti bilan tanishdilar. Terminalning binosi buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” bosh asari timsoliga aylangan ochiq kitob shaklida barpo etilgan. Noyob majmua soatiga 800 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Terminal “ochiq osmon” rejimida faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek, yuk tashishga xizmat qiladi. 

PDF-ni yuklab oling