Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Qozondan uchuvchi repatriatsiya qatnoviga sotuv ochiq

2020 29 Sentabr
3737
Ulashing

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentyabr kuni Qozon shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini ma'lum qiladi.

Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Yo'nalish Reys raqami Uchish/ketish vaqti  
Qozon - Toshkent HY 3650 11:00/16:30 Chipta sotib olish

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O'zbekistonga parvoz qilish faqat PCR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi (qatnov jo'nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) ma’lumotnoma taqdim etilgan holda ruxsat berilishiga e'tibor qaratishingizni so'raymiz. PCR ma’lumotnomasi bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan Airways " AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko'rishdan mamnun bo'lamiz!

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

PDF-ni yuklab oling