Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Qishki ta’til kunlarida talabalar uchun chegirmalar taqdim etilishi uzaytirilgani haqida

2023 6 Yanvar
41
Ulashing

Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilning uzaytirilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways O'zbekiston Respublikasidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) uchun 2023-yil 11-yanvardan 18-yanvargacha (tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda) respublika ichidagi yo‘nalishlarda iqtisodiy sinf (K-sinf va undan yuqori) tariflaridan chegirmalarning amal qilish muddatini uzaytiradi.  

Qishki ta’til davomida (2022-yil 22-dekabrdan 2023-yil 10-yanvargacha) o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 2023-yil 18-yanvargacha respublika ichidagi yo‘nalishlardagi reyslarga bepul qayta bron qilishga ruxsat beriladi. Tegishli bronlash sinfida bo‘sh joylar bo‘lmasa, tarif farqini undirmasdan aviachiptani eng yaqin bron qilish sinfiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi (aviachiptalarni biznes-klassga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi). Shu bilan birga, puli qaytariladigan hamda puli qaytarib berilmaydigan tariflarni qayta rasmiylashtirish shartlariga rioya qilinishi talab etiladi.

Qishki ta’til davrida (2022-yil 22-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar) O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar tarif turidan qat’i nazar (puli qaytariladigan yoki puli qaytarilmaydigan) majburiy (to‘liq) qaytarib berishga ruxsat beriladi.

Aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish Uzbekistan Airways Sales, aviakompaniya agentlari tomonidan va aeroport kassalarida amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish haqida savollaringiz bo‘lsa, siz aviakompaniyaning kunu-tun faoliyat yuritadigan aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin +998781402000.  

PDF-ni yuklab oling