Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etildi

2025 25 Noyabr
Ulashing

2025-yil 24-noyabr kuni Qarshi shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi markazi binosida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. “Savol-javob” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, turizm, Yoshlar ishlar agentligi hududiy boshqarmalari, jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi agentlari, sayyohlik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir boshida Qizlarхon Begmatova, “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot kotibi aviakompaniyada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib yaqindagina Andijon, Namangan va Toshkent shaharlaridan yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgani va kompaniya kadrlar masalasi hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tizimli tarzda olib borayotgani haqida aytib o‘tdi. 

Xidirova Shahzoda (Hududiy turizm boshqarmasi) quyidagi takliflarni bildirdi:

  • Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida LET L-410 havo kemasini ATR-72 600 ga almashtirish;
  • Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida kuniga 2 ta parvozni yo‘lga qo‘yish;
  • Investitsiya va sanoat zonalarini inobatga olgan holda Xitoy va Hindiston davlatlariga/dan xalqaro charter aviaqatnovlarini tashkil etish;
  • Havo kemalarida Qashqadaryo viloyati haqida videoroliklarni namoyish etish.

Shuxrattillo Yadgarov, Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b.:

“Keyingi yil sentabr oyida yangi havo kemasi yetib kelishi sababli hozircha parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kirita olmaymiz, biroq 2026-yil mart–aprel oylaridan boshlab Silk Avia orqali Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida kuniga 2 ta parvoz rejalashtiryapmiz. 

Charter aviaqatnovlarini tashkil etish masalasi bo‘yicha charter bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Hududiy videoroliklar masalasi bo‘yicha qisqa videomateriallar tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqamiz.” 
 

Uzoqov No‘mon (nuroniylar vakili):

“Toshkent–Shahrisabz yo‘nalishida haftada 1 marta amalga oshirilayotgan parvozlar sonini ko‘paytirish, ayniqsa juma kunlari 70 o‘rinli havo kemasida qatnovlarni tashkil etish bo‘yicha taklif bildirdi.”

Shuxrattillo Yadgarov taklif uchun minnatdorlik bildirib, ushbu masala albatta ko‘rib chiqilishini va keyingi yil bahor–yoz mavsumidan boshlab parvozlarni ATR-72 600 havo kemasida amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 


Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram) orqali kelib tushgan savollar: 

  • Andijon va Qarshi shaharlaridan xalqaro aviaqatnovlar;
  • Sayyor qabullar o‘tkaziladigan hududlar haqida axborot qayerda berib borilishi haqida so‘raldi. 


Shuhrat Mirsaidov, Marketing va tijoratni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i:

  • Andijon xalqaro aeroportidan Novosibirsk, Moskva, Istanbul va Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida parvozlar amalga oshirilmoqda;
  • Qarshi–Qozon yo‘nalishi talab, ikki tomonlama kelishuv va havo kemalarining jadvaldagi bo‘sh vaqtiga bog‘liq;
  • Sayyor qabullar haqida rasmiy ijtimoiy tarmoqlar va sayt orqali e’lon berib boriladi.


Auditoriyadan tushgan taklif va savollar:

  • Qarshidan Moskva va Istanbul yo‘nalishlarini ochish;
  • Moskva yo‘nalishida loukost emas, balki full service aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish.

 

Shuhrat Mirsaidov: 

  • Talab va taklif doimiy o‘rganiladi. Istanbul yo‘nalishida hududlardan parvozlar moliyaviy zarar bilan yakunlangan.
  • Moskva yo‘nalishida full service qatnovlar joriy etilsa, narxlar va xizmatlar (jumladan biznes-klass) o‘zgaradi.  


Qozimurod-ota (nuroniy):

  • Uchuvchilik kasbiga O‘zbekistonda qayerda ta’lim olish mumkinligi haqida savol berdi.


Sh. Yadgarov:

“Bugungi kunda Toshkent davlat transport universiteti hamda Turin politexnika universitetining 2+2 dasturi asosida talabalar o‘qitilmoqda. O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlash tizimi mavjud bo‘lib, milliy kadrlarni o‘qitish ustida ish olib borilmoqda.”


Xakimboy Utamov, “Uzbekistan Helicopters” MCHJ direktori yaqin 2–3 yil ichida LET L-410 va ATR-72 havo kemalarida milliy kadrlar orasidan havo kemasi sardorlarini tayinlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi.


Hududiy SPP vakili:

  • Tadbirkorlar uchun kargo (yuk tashish) yo‘nalishida imtiyozlar haqida savol berdi.


Sh. Yadgarov:  

  • Qarshi–Sankt-Peterburg yo‘nalishida yuk tashish imkoniyati mavjud;
  • Boshqa davlatlarga yuklarni Toshkent va hududlar orqali jo‘natish imkoni bor.


Yoshlar yetakchisi:

  • Yoshlarni samolyot yasash va maketlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha taklif bildirdi.


Boshqaruv raisining o‘rinbosari Sh. Yadgarov ushbu taklifni ijobiy baholab, minnatdorlik bildirdi va Mudofaa vazirligi qoshidagi Vatanparvar tashkilotida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borilishini eslatib o‘tdi.


Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan savol:

  • Imkoniyati cheklangan shaxslarga beriladigan imtiyozlar haqida.


Sh. Mirsaidov:

  • Hozirda imtiyozlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun amal qilishini bildirdi.


Auditoriyadan yakuniy savol: 

  • Aviakompaniyaning moliyaviy holati, ijtimoiy mas’uliyati va kelgusi yilgi yangi yo‘nalishlar haqida.


Sh. Yadgarov:

  • Aviakompaniyaning moliyaviy ahvoli barqaror;
  • Toshkent–Shahrisabz yo‘nalishi moliyaviy foyda keltirmasada turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirib kelmoqdamiz.  

 

Sh. Mirsaidov 

  • Kelgusi yilda aviakompaniya tomonidan 3 ta yangi yo‘nalish ochilishi rejalashtirilganini, biroq bu tijoriy sir ekanini ma’lum qildi.

UzbekistanAirwaysrespublikaningbarcha hududlarida bunday uchrashuvlarni tashkil etishda, yo‘lovchilar muammolariga yechim topishda, ularning taklif va fikrlarini o‘rganishda hamda xizmatlar sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etadi. 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?