Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Qahramonlarimizni kutib olamiz!

2026 5 Oktabr
Ulashing

Bugun biz Aichi-Nagoya (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlaridan zafar quchib qaytgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini katta faxr bilan kutib olyapmiz!

Sportchilarimiz umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab, yuksak natijani qayd etdilar. Terma jamoa xazinasida 70 ta medal: 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza! Boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika, sport gimnastikasi va boshqa sport turlaridagi yorqin chiqishlar o‘zbek sport maktabining kuchi va metin irodasini butun dunyoga yana bir bor isbotladi.

Atletlarimizning Vatan sari yo‘li chinakamiga qulay bo‘lganligi biz uchun ayniqsa qadrlidir: chempionlar Uzbekistan Airwaysning Nagoyadan Toshkentga amalga oshirilgan maxsus to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovi orqali yetib keldilar. Ushbu g‘alabaning bir qismi bo‘lish va terma jamoani Vatanga yetkazib kelish biz uchun ulkan sharafdir.

Yorqin onlar, g‘alabalar va g‘urur uchun tashakkur!

Uzbekistan Airways bilan har qanday samo kengliklarida o‘zingizni uydagidek his qilasiz! 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?