Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

O‘zbekistonni butun Janubi-Sharqiy Osiyoga tanitamiz!

2026 5 Sentabr
Ulashing

4-6-sentyabr kunlari Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tayotgan keng ko‘lamli MATTA FAIR sayyohlik ko‘rgazmasining qoq markazida bo‘lib turibdi!

Muhit g‘oyat ajoyib: birinchi kunning o‘zida 45 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi va mamlakatimizga qiziqish juda katta bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikdagi stendda hayot qaynamoqda – biz turoperatorlar, tadbirkorlar va sayyohlarni mamlakatimizning betakror go‘zalligi bilan faol tanishtirmoqdamiz. E’tiborlisi, bu aviakompaniya uchun joriy yilda shu turdagi 16-xorijiy sayyohlik tadbiri hisoblanadi.

Eng muhimi: biz allaqachon Toshkentdan Kuala-Lumpurga muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirmoqdamiz. Malayziyaga sayohatlarni rejalashtirish yanada qulay bo‘lishi uchun oktyabr oyining oxiridan boshlab biz parvozlar chastotasini haftasiga 4 martagacha oshirmoqdamiz!

Uzbekistan Airways bilan yangi yo‘nalishlardan ilhomlaning va dunyoni kashf eting! 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?