Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Navoiy viloyatida sayyor qabul: Uzbekistan Airways bilan ochiq muloqot

2025 1 Oktabr
Ulashing

2025-yil 29-sentabr kuni Navoiy sharida Yoshlar markazi binosida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ochiq muloqot shaklida hududda aviatsiyani rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, turizm sohasi vakillari, Navoiy aeroporti, aviachiptalar sotuvi agentlari, OAV va turli sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Suhbat davomida yo‘lovchi va yuk tashish, tarif siyosati, hududiy aviatsiyani rivojlantirish va sohada bandlikni ta’minlash mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari batafsil ko‘rib chiqish uchun aviakompaniyaning tegishli bo‘linmalariga yuborildi. 

Parvozlar chastotasini kengaytirish masalasi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Navoiy aeroporti vakili iltimos bilan murojaat qildi: "Silk Avia aviakompaniyasining aviaqatnovlari asosida ertalab va kechqurun Toshkentga va ortga bajariladigan parvozlarni ko‘paytirishingizni so‘raymiz. Moskvaga ham ko‘proq aviaqatnovlar amalga oshirilsa yaxshi bo‘lar edi." 

Savolga "Uzbekistan Helicopters" MCHJ direktori Hakimboy O‘tamov javob berdi: "Taklif va fikr-mulohazalaringiz uchun tashakkur. Haqiqatan ham, talab borligini, ushbu yo‘nalishda yo‘lovchi tashish hajmi o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ammo bugungi kunda havo kemalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, shuning uchun hozircha qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy etish orqali parvozlarni ko‘paytirishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, hozir sayyohlik mavsumi avjida va parvozlar jadvaliga rioya qilish muhim. Havo kemalari kerakli texnik ishlardan o‘tgach, parvozlar chastotasini oshirishga harakat qilamiz. Ammo bunga vaqt kerak bo‘ladi." 

Mavzuni davom ettigan holda "Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov quyidagilarni qo‘shimcha qildi: "Moskvaga parvozlarni ko‘paytirishga kelsak: ha, biz parvozlarni amalga oshirmoqdamiz, lekin ushbu tadbir uchun kutilayotgan xarajatlar tufayli ularni hozircha "ikki baravar" oshira olmaymiz. Yaqin 1-2 yil ichida liniya bo‘yicha katta ehtimollik bilan zarar ko‘rish bilan ishlash mumkin emas, tijorat yuklamasi prognozlarini hisobga olish muhimdir. Biroq aviaparkni to‘ldirish bilan biz, albatta, aviaqatnovalrni ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz – xoh Moskvaga, xoh Sankt-Peterburgga bo‘lsin." 

O‘zA jurnalisti Abduvali Bo‘riyev Zarafshon aeroporti qurilishi masalasini ko‘tardi: "O‘zbekiston Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Zarafshon aeroporti qurilishi masalasi muhokama qilingan edi. Bu loyiha holati qanday va qachon qurib bitkaziladi?

"Loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari olib borilmoqda, ularni 2026-yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan," – deya izoh berdi Navoiy aeroporti vakili.

Uchrashuv ishtirokchilari aviakompaniyaning yirik shartnomalari bilan ham qiziqdi: "O‘zbekiston Prezidentining AQShga tashrifi chog‘ida 8 mlrd dollarga 14+8 ta Boeing 787 havo kemalarini sotib olish bo‘yicha hujjat imzolandi. Bu biz uchun qanchalik samarali bo‘ladi?"

Shuxrat Yadgarov: "Bu noyob loyiha, ammo summa kamroq, chunki opsion bo‘lishi mumkin. Shartnomaga ko‘ra, 2031-yildan 2037-yilgacha bo‘lgan davrda har yili uchta Boeing 787-9 havo kemalari yetkazib beriladi. Ushbu laynerlarning kelishi aviakompaniya uchun katta imkoniyat. Bugungi kunda biz Boeing 787-8 havo kemalarini ekspluatatsiya qilib kelmoqdamiz, 787-9 modeli esa ko‘proq yo‘lovchilarni sig‘dira oladi va ko‘proq yuk hajmiga ega. Kelgusi uch yil ichida biz bahor-yoz mavsumida AQSH yo‘nalishi bo‘yicha har kunlik bajariladigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Hozir biz haftasiga beshta aviaqatnovni amalga oshirmoqdamiz. Yangi havo kemalari kelishi bilan AQSH, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropaga parvozlarni kengaytirish niyatidamiz." 

Havo kemalarini almashtirish masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi: "Nima uchun havo kemasi turi parvozdan 1-2 kun oldin almashtiriladi?" – deb so‘rashdi ishtirokchilar. 

"Ba’zida, ayniqsa, "joylar bloki" bo‘yicha kelishuvlar bo‘lsa, buyurtmachi to‘liq yuklanishni ta’minlay olmaydi, shuning uchun katta bort kichikroq bortga almashtiriladi," – deya izoh berdi aviakompaniya vakillari.

Yakunda tariflar, tadbirkorlar va fermerlar uchun mintaqaviy aviatsiya imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi. 

Tadbir ishtirokchilari “Uzbekistan Airways” AJ guruhiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi negizida aviatashuvlar ichki bozorining rivojlanishi haqida ham batafsil ma’lumot olishdi. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi aviaqatnovlarni ko‘paytirish va fuqarolarimizning havo transportida harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish aviakompaniya oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biridir. 

Uzbekistan Airways bunday uchrashuvlarni mamlakatning barcha hududlarida o‘tkazishda davom etishini ta’kidladi. Bunday ochiq muloqot fuqarolarning takliflariga tezkor javob berishga, yo‘lovchilarning muammolarini hal qilishga va xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi. 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?