Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025-yil 27-oktabrdagi 07-15-18-son topshirig‘iga muvofiq, joriy yilning 14-noyabr kuni “Uzbekistan Airways ” AJda “Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar-oktabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr-dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi mavzuda iqtisodiy o‘qish oʻtkazildi.
Iqtisodiy o‘qish davomida 2025-yilning dastlabki oʻn oyi davomidagi faoliyat natijalari taqdim etildi va joriy yil oxiriga qadar bajarilishi kerak boʻlgan asosiy vazifalar belgilab olindi. Koʻrsatmalarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarishning alohida ahamiyati taʼkidlandi va bu koʻrsatkichlar “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatiga va sohaning strategik maqsadlariga erishishga bevosita taʼsir qilishi aytib o‘tildi.



Barcha yangiliklar