“Vatan uchun, millat uchun xalq uchun!” shiori ostida keng nishonlanayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan turli sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh faollarga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
“UzbekistanAirways” AJ Boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Kurbanova “Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Feruza Kurbanova aviakompaniyada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgani, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, yoshlarni milliy g‘oya va mustaqil O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlar va davlat tiliga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan munosib e’tirof etildi.

Aviakompaniya jamoasi Feruza Kurbanovani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaydi hamda kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentimizning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. Ko‘krak nishoni Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan yurtdoshlarimizga beriladi.