"Uzbekistan Airways" AJning "Uzbekistan Helicopters" MCHJ tarkibiy bo‘linmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Uzbekistan Helicopters" MCHJ tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Ushbu seminar korrupsiyaga qarshi kurashish va biznesning halolligini ta’minlashning dolzarb masalalarini, jumladan, aviakompaniya va "Uzbekistan Helicopters" MCHJning korrupsiyaga qarshi kurash tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun tashkil etildi.
Spiker sifatida "Uzbekistan Airways" AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati mutaxassisi so‘zga chiqib, korporativ sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, firibgarlik va korrupsiya xavfini boshqarish, javobgarlik va jazoning muqarrarligini oshirish, davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va biznesning halolligini ta’minlash haqida batafsil ma’lumot berdi.

Bugungi kunda aviakompaniyada Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati va aviakompaniyaning komplayens-nazorat xizmati, shuningdek, "Uzbekistan Helicopters" MCHJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati mavjud bo‘lib, ular birgalikda tashkilot ichida korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirmoqda va AJni ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha sertifikatlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Seminar ishtirokchilariga aviakompaniya va "Uzbekistan Helicopters" MCHJ funksiyalari kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari va korrupsiyaga qarshi tartib-qoidalar tahlili, shuningdek, alohida funksiyalarga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar taqdim etildi.
Umuman olganda, ushbu tadbir korrupsiyaning dolzarb sabablari va firibgarlik imkoniyatlari, shuningdek, yaqin kelajakda ularga qarshi kurashishning keyingi ustuvor yo‘nalishlari haqida tushuncha hosil qilish imkonini berdi. Seminar yakunida ishtirokchilarga "Uzbekistan Helicopters" MCHJning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va tashabbuslar taklif etildi.
 
         Barcha yangiliklar
Barcha yangiliklar