Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalariga 25% chegirma

2022 7 Noyabr
28
Ulashing

Noyabr oyi “Keksalar turizmi oyi” hisoblanadi va shu munosabat bilan Uzbekistan Airways ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25% chegirmalarni taqdim etadi. Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 2022-yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan mahalliy parvozlarda amal qiladi. Aviachipta xarid qilish jarayonida yoningizda albatta pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim.

Chegirma “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.

 

PDF-ni yuklab oling