Eslatib o‘tamiz, parvozdan oldin barcha xorijiy fuqarolar uchun majburiy talab bo‘lgan “China Electronic Arrival Card” (elektron kelish kartasi)ni to‘ldirishingiz zarur.
Buni parvozdan 24–72 soat avval https://s.nia.gov.cn/ArrivalCardFillingPhone/ saytida amalga oshirish mumkin. Kartani to‘ldirgach, sizga QR-kod taqdim etiladi. Uni saqlab qo‘ying va XXR aeroportiga yetib borganingizda taqdim eting.
Agar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviaqatnovlari bilan Pekin, Sanya, Urumchi, Xanchjou yoki Shenchjen shaharlariga parvozni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu talabni inobatga olishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.
Barcha yangiliklar