Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Hurmatli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yo'lovchilari!

2020 19 Mart
18060
Ulashing

Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko'plab murojaatlar va so'rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo'lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo'lovchilar buni jarimalar va sanktsiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo'lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo'limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlashingizga umid qilamiz.

PDF-ni yuklab oling