2026-yilning 1-aprelidan boshlab Hindistonda qog‘oz shakldagi immigratsiya kartalaridan (DE-kartalar) foydalanish to‘xtatiladi.
Endilikda barcha xorijiy fuqarolar mamlakatga kelishdan 72 soat oldin elektron kelish kartasini (e-Arrival Card) oldindan to‘ldirishlari shart. Kartani Hindiston viza xizmatining rasmiy veb-sayti (indianvisaonline.gov.in/earrival) yoki Su-Swagatam mobil ilovasi orqali onlayn tarzda to‘ldirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, qog‘oz shaklidagi anketalar faqat 2026-yil 31-martgacha amal qiladi.
Agar siz Uzbekistan Airways aviaqatnovlari bilan Dehli yoki Mumbayga uchishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, pasport nazoratidan o‘tishda kechikishlarning oldini olish uchun, iltimos, kelish elektron kartasini oldindan to‘ldiring.
Barcha yangiliklar