Janubiy Xitoyning asosiy megapolisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways keng ko‘lamli taqdimot-tadbirini tashkil etdi. Tadbirda biz Uzbekistan Airways’ning parvoz imkoniyatlari hamda mamlakatimizning boy sayyohlik salohiyatini g‘urur bilan namoyish etdik.



Ushbu voqea har ikki mamlakatning sayyohlik sektori va ishbilarmon doiralari vakillarini o‘zida jamladi. Guanchjouga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar – bu xaritadagi shunchaki yangi manzil emas. Bu biznes-hamkorlik, tajriba almashish va keng ko‘lamli turizm uchun ulkan istiqbollarni ochib beruvchi strategik qadamdir.
Barcha ishtirokchilar va hamkorlarga qo‘llab-quvvatlaganliklari va mehmondo‘stona kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.


🗓 Parvozlarimiz har hafta amalga oshiriladi:
🛫 Toshkentdan – chorshanba kunlari soat 18:40 (yetib borish soat 04:00)
🛬 Guanchjoudan – payshanba kunlari soat 05:30 (yetib borish soat 09:30)


Xitoy sari zamonaviy Boeing va Airbus laynerlaridagi qulay yo‘lingiz allaqachon ochiq.
Barcha yangiliklar