Oʻtgan yakshanba kuni Counter-Strike 2 yoʻnalishidagi Kiber-sport boʻyicha Korporativ Chempionlar Ligasining joriy yildagi uchinchi Kubogi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu nufuzli musobaqa Ipak Yuli Bank, TBC, Beeline Uzbekistan, Ucell va boshqa yetakchi biznes sektoridagi kompaniyalarni himoya qiluvchi 16 ta eng kuchli jamoani jamladi.

Aviakompaniya Kasaba uyushmasi Qoʻmitasining faol koʻmagi bilan tashkil etilgan Uzbekistan Airways jamoasi mazkur musobaqalarda birinchi marotaba ishtirok etdi. Debyut chiqishida xodimlarimiz ajoyib tayyorgarlik va jamoaviy jipslikni namoyish etib, turnirning Kumush Kubogini bevosita qoʻlga kiritdilar.
Ushbu yutuq flagman aviatashuvchi jamoasiga xos boʻlgan yuksak korporativ ruh hamda gʻalabaga boʻlgan qatʼiy intilishni tasdiqlaydi.

Jamoaning barcha aʼzolariga namoyish etilgan yuqori professionalliklari, shuningdek, faol qoʻllab-quvvatlashlari uchun barcha xodimlarga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz! Uzbekistan Airways korporativ kiber-sportni jamoamizni jipslashtirish va xodimlar dam olishini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlantirishda davom etadi.
Barcha yangiliklar