Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Endi Londonning Gatwick aeroportiga ham parvoz qilamiz

2024 11 Mart
385
Ulashing

     Uzbekistan Airways 7-apreldan boshlab Toshkentdan Londonga haftasiga uchta aviaqatnovni amalga oshiradi! Endi yo‘lovchilarga Londonning ikkita aeroporti – Heathrow Airport va London Gatwick Airport o‘rtasida tanlov imkoniyati beriladi.

Heathrow aeroportiga aviaqatnovlar seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi davom ettiriladi. Toshkentdan Gatwick Airport’ga parvozlar 7-apreldan yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 10:55, Toshkent vaqti bilan;
  • Londonga yetib kelish soat 14:35, London vaqti bilan;
  • Londondan jo‘nab ketish soat 16:10, London vaqti bilan;
  • Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 03:00, Toshkent vaqti bilan.

Uzbekistan Airways - the Wings of Central Asia! 

PDF-ni yuklab oling