Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Bulutlar uzra internet: yangi yil chegirmalari!

2019 25 Dekabr
120
Ulashing

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil bayrami kunlarida o’z yo’lovchilariga do’st va yaqinlar bilan arzonroq narx evaziga aloqada qolish imkoniyatini taqdim etadi: samolyot sahnida mavjud bo’lgan internet-paketlarning barcha turlarida 45% CHEGIRMA amal qilmoqda!

Eslatib o’tamiz, internet tarmog’iga ulanish uskunalari aviakompaniyamizning Airbus A320neo va Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida o’rnatilgach, yo’lovchilarda bir qator turli hajmdagi internet-paketlar xarid qilish imkoniyati paydo bo’ldi:

LITE paketi (20 MB) turli messendjerlardan foydalanmoqchi bo’lgan yo’lovchilarga tavsiya etiladi.

MEDIUM paketi (50 MB) ijtimoiy tarmoq va turli saytlardan foydalanmoqchi bo’lganlarga mo’ljallangan.

STREAM paketidan (120 MB) yengil internet serfing qilmoqchi bo’lgan yo’lovchilar foydalanishlari mumkin.

BUSINESS (220 MB) – barcha paketlarning imkoniyatini o’z ichiga olgan maksimal hajmga ega bo’lgan paketdir. 

Internet-paketlarni aviakompaniyamizning rasmiy saytida (qatnov parvozidan bir sutka oldin), yoki samolyot sathida parvoz davomida xarid qilish mumkin.

Bulutlar uzra parvoz davomida yerdagi qulaylikardan foydalaning!

 

PDF-ni yuklab oling