Hurmatli yo‘lovchilar, Amerika Qo‘shma Shtatlari chegarasini kesib o‘tish qoidalaridagi yangilanishlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) ko‘rsatmalariga muvofiq, 2026-yil 31-iyuldan boshlab mamlakatga kirishga vaqtinchalik cheklovlar kuchga kirdi.
Uchishdan oldin e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan asosiy talablar:
• So‘nggi 21 kun ichida Kongo Demokratik Respublikasida bo‘lgan yo‘lovchilar (jumladan, AQSH fuqarolari) AQSHga tijorat aviaqatnovlariga qat’iyan ruxsat etilmaydi.
• Faqat Uganda yoki Janubiy Sudanga tashrif buyurgan (Kongo DRga tashrif buyurmagan) AQSH fuqarolari va AQSH fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan shaxslar AQSHga faqat kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologiya nazoratidan o‘tish uchun maxsus belgilangan aeroportlar orqali kelishlari shart: Vashington-Dalles xalqaro aeroporti (IAD), Atlanta Xartsfild-Jekson xalqaro aeroporti (ATL), Jorj Bush nomidagi xalqaro aeroport (IAH), Jon F. Kennedi nomidagi xalqaro aeroport (JFK).
Yo‘lovchilarning javobgarligi:
Shuni alohida ta’kidlaymizki, belgilangan talablarni buzgan yoki yaqinda amalga oshirgan sayohatlari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan taqdirda, yo‘lovchiga nisbatan AQSH qonunchiligida nazarda tutilgan qat’iy choralar, hatto deportatsiya va jarima sanksiyalari qo‘llanilishi mumkin.
Sayohatni rejalashtirishdan oldin rasmiy manbalardagi dolzarb talablarning to‘liq matni bilan tanishib chiqishni qat’iy tavsiya etamiz:
🔗 CDC talablari: https://www.cdc.gov/ebola/situation-summary/returning-travelers.html
🔗 Qo‘shimcha ma’lumot: https://travel.state.gov/en/international-travel/travel-advisories/global-events/ebola_additional_information.html
Yo‘lovchilarimizning xavfsizligi va xabardorligini ta’minlash – Uzbekistan Airways uchun ustuvor vazifadir. Yo‘nalishlaringizni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘raymiz.
Barcha yangiliklar