Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan yarmarka

2026 17 Aprel
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bosh ofisida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan xalq amaliy san’ati bayram yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Aviakompaniya xodimlari zamonaviy va an’anaviy uslubdagi suvenir va maishiy kulolchilik buyumlari, qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlari, milliy matolardan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, kitoblarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Binoda xotin-qizlar ansambli tomonidan dutorda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yarmarkaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi va bayramona kayfiyat yaratdi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish madaniy qadriyatlarni saqlash, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va tarix hamda an’analarga hurmatga asoslangan korporativ muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?