Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida davlat arbobi, shoir va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavaludining 585-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Uzbekistan Airways xodimlari ham ishtirok etdilar.
Yozuvchilar uyushmasi, davlat tashkilotlari, idoralari hamda vazirliklar vakillari ishtitok etgan mazkur tadbirda ulug‘ shoirning asarlari, hayoti va ijodi haqida so‘z bordi.

Buyuk olim va so‘z mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiyning hayoti va ijodi o‘sib kelayotgan yosh avlodga va yoshu-qariga birdek namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir davomida ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, uning xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
Barcha yangiliklar