Uzbekistan Airways bosh ofisida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi


Bayram arafasida aviakompaniya rahbariyati ayol xodimlarni 8-mart bilan tabriklab, ularning kasbiy mahorati, fidokorona mehnati va aviakompaniya rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Iliq muhit, samimiy tilaklar va jamoamizning go‘zal vakilalarining tabassumlari ushbu kunni chinakamiga o‘zgacha fayzli qildi.


Barcha xotin-qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan muborakbod etamiz! Sizlarga baxt-saodat, bitmas-tuganmas ilhom, xonadoningizga farovonlik va hayotingizda yorqin lahzalar yor bo‘lishini tilaymiz.
Barcha yangiliklar