Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun aviachiptalarga 15% gacha chegirmalar

2025 29 Sentabr
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining 2025-yil 22-sentyabrdagi 54-son bayonnomasi 5-bandini bajarish maqsadida, 2025-yil 30-sentyabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan «Keksalar uchun turizm oyi» doirasida 2025-yil 1–30-noyabr kunlari respublika mahalliy yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga chegirma joriy etiladi.

Chegirma miqdori – mahalliy yo‘nalishlarida erkin savdoda mavjud bo‘lgan barcha turdagi iqtisodiy sinf tariflaridan 15% gacha. Chegirma O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga taqdim etiladi.

Izoh:

1. Chegirmalar 2025-yil 1–30-noyabr kunlari amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga amal qiladi.

2. Bir nechta chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.

3. Chegirma bilan aviachiptalar sotilishi “Uzbekistan Airways” AJ filiali – “Uzbekistan Airways Sales”da, “Uzbekistan Airways Sales” filiali agentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek “Uzbekistan Airways” AJ rasmiy saytida amalga oshiriladi. 

Aviachiptalarni qaytarish / qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirish holatlarida taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish yig‘imlariga tatbiq etilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachiptalarni qaytarishda qaytariladigan summa chegirma qo‘llanilmagan foydalanilgan uchastka tarifidan kelib chiqib hisoblanadi.

Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar uchish sanalaridan biri chegirma amal qiladigan davrga to‘g‘ri kelmasa, butun yo‘nalish bo‘yicha to‘liq tarif darajasigacha chegirmalarsiz to‘lov amalga oshirilishi kerak.

Agar yig‘ilgan ballar evaziga xizmat ko‘rsatish sinfi “Z” klassiga oshirilsa, aviachiptani qayta rasmiylashtirish faqat chegirma amal qiladigan davrga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlarda tarif bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz amalga oshirilishi mumkin.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?