Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Ishtirokchilarning sovrinli ballardan foydalanishi

Ulashing

“UzAirPlus” dasturining har bir ishtirokchisi yetarli miqdordagi sovrinli ballarni to‘plagan taqdirda, mukofotli aviachipta yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish  shaklida mukofotlar olish huquqiga ega.

Ishtirokchi tomonidan to‘plangan yoki hisobga olingan yetarli miqdordagi sovrinli ballarga ega bo‘lish, talab qilingan sanada X/Z klasslarida joylar uchun belgilangan kvotalar mavjud bo‘lmagan holatlarda, mukofotli xizmat taqdim etilishini kafolatlamaydi.

Mukofotli aviachiptalar va mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalar faqat “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasining xususiy muntazam qatnovlari uchun taqdim etiladi. Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan interlayn kelishuvlari yoki Kod sher kelishuvlari doirasida amalga oshiriladigan qatnovlar uchun mukofotli aviachiptalarni rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.

Mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish quyidagi aviachiptalar bo‘yicha rasmiylashtirilmaydi:

  • NB/-LT/-1P/-LC tariflari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar;
  • Q-/W-/E-/N-/H- bronlash klasslari bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘nalishlar;
  • SPA tijorat shartnomalari doirasidagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri tariflari bo‘yicha;
  • Interlayn kelishuvlari bo‘yicha uchastkali tariflar bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalar;
  • Xorijiy aviakompaniyalar qatnovlari uchun Interlayn kelishuvlari doirasida rasmiylashtirilgan aviachiptalar;  
  • Kod-sher kelishuvlari doirasida rasmiylashtirilgan aviachiptalar. 

Xarid qilib olingan aviachiptaning barcha uchastkalari uchun mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun ruxsat beriladi, ushbu qoidalarning yuqori bandida belgilangan shartlar bundan mustasno, tashish boshlanishidan oldin ham va keyin ham. Har bir uchastkaning narxi alohida belgilanmagan, lekin umumiy yo‘nalishning narxi ko‘rsatilgan aviachiptalar uchun xizmat ko‘rsatish klassini butun yo‘nalish bo‘yicha oshirish mumkin emas va faqat qiymati ko‘rsatilgan yo‘nalish uchun amalga oshirish mumkin.

Mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish uchun quyidagi mukofotli bronlash klasslari o‘rnatilgan:

  • “Z” klass – biznes-klass salonida joylarni bron qilish;
  • “X” klass – ekonom klass salonida joylarni bron qilish.

“Z” va “X” bronlash klasslari uchun joylar soni har bir qatnovda parvozlarni amalga oshiradigan havo kemalarining turiga, mavsumiylikka va yo‘lovchilar talabiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarga qarab belgilanadigan kvota bilan cheklanadi.

Bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan holatlarda, parvozdan kamida 24 soat oldin, iqtisodiy maqsadga muvofiq kelishini hisobga olgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tegishli klassdagi joylar bo‘yicha mukofotli kvotalarini oshirish huquqiga ega.

Aviakompaniya ma’lum bir sana va qatnovga mukofotli bronlash klassida joylar mavjud bo‘lmagan holatlarda, mukofotli aviatashuvlarni bron qilishni rad etish huquqiga ega.

Bir tomonli (OW) va/yoki borish va qaytish (RT) yo‘nalishlari bo‘yicha mukofotli aviachiptalarni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan sovrinli ballar sonini hisoblash, quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

Ib (OW/RT EURda) =

            0,01

Tanlangan xizmat ko‘rsatish klassi uchun hisobdan chiqarilgan ballar soni (X/Z)

Bu yerda:

  • OW yoki RT – tanlangan tarif turi;
  • 0,01 yevro – 1 sovrinli ballning qiymati;
  • Ib-indikatori  – qaytariladigan tarif darajasiga mos keladigan ekonom yoki biznes klass tarifi ko‘rsatkichi. Ko'rsatkich A ilovasida belgilangan.

Agar aviachiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif Yevrodan farqli boshqa valyutada e’lon qilingan bo‘lsa, u holda bunday tarif miqdori aviachipta sotib olingan kunning (PSS tizimida) amaldagi kursi bo‘yicha Yevroda qayta hisoblanishi kerak.

ESLATMA: Mukofotli aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan sovrinli ballar soni har yili kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi, shuningdek,  joriy yilning 01-yanvar holatiga ko‘ra qayta hisobdan o‘tkaziladi. Yangi qatnov yo‘nalishlari joriy etilganda, mukofotli aviachiptalarni rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish uchun to‘plangan sovrinli ballarning bazaviy soni yuqoridagi formulalar asosida hisoblanadi.

Mukofotli aviachiptalarni yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishda, e’lon qilingan davlat, aeroport va boshqa barcha belgilangan yig‘imlar ishtirokchi tomonidan to‘lanishi kerak.

Mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish, xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish yoki boshqa mukofotli xizmatlarni taqdim etish ishtirokchining hisobida zarur miqdordagi faol ballar soni mavjud bo‘lgan taqdirda, AJ veb-saytida (uzairways.com), “Uzbekistan Airways Sales” AJ Filialida, O‘zbekiston Respublikasining aeroport kassalarida, xorijdagi AJ  Vakolatxonalarida amalga oshiriladi.

Hisobdagi sovrinli ballar yetarli bo‘lmagan taqdirda, har bir dastur ishtirokchisi mukofot xizmatini olish uchun yetishmayotgan ballarni sotib olishi mumkin.

Ballar 1000 balldan iborat paketlar bo‘yicha sotiladi, har bir paket uchun 30 EUR miqdorida yig‘im ushlab qolinadi. Kalendar yili davomida shaxsiy hisob egasi 50 000 dan ortiq bo‘lmagan (1000 balldan 50 ta paket) sovrinli ballarni sotib olishi mumkin, sovrinli ballarni sotish qiymati 1 ball=0,030 yevro sent bilan belgilanadi.

Xarid qilingan paketlardan hisob egasi mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish uchun foydalanishi mumkin.

Sovrinli ballarni sotib olish faqat AO veb-saytida https://www.uzairways.com. onlayn tarzda, oldindan EMD rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishtirokchi hisobiga sovrinli ballar kiritilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma, hisob egasining -ishtirokchining elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xarid qilingan ballar qaytarilmaydi, ishtirokchining statusini aniqlash uchun qo‘llanilmaydi.

Xarid qilingan ballarning amal qilish muddati, ballar xarid qilingan sanadan boshlab 36 oyni tashkil etadi.

Dasturning individual ishtirokchilari aviakompaniyaning ayrim xizmatlarini (faqat o‘zlarining aviachiptalari uchun) sovrinli ballar bilan haqini to‘lash orqali sotib olish imkoniyatiga egalar.

Individual ishtirokchilar tomonidan sovrinli  ballar orqali qo‘shimcha bagaj me’yorlari haqini to‘lash (faqat o‘zlarining aviachiptalari uchun), faqat AO veb-saytida quyidagi hisoblash  asosida amalga oshiriladi:

Qo‘shimcha bagaj joyi/kg uchun e’lon qilingan stavka (EUR) = Ballar soni

0,01

Bu yerda  - 0,01 - mukofot ballining qiymati.

Masalan: Yo‘lovchi talab qilgan yo‘nalishda me’yordan ortiq bagajning 1 – joyi uchun stavka 45 EUR ni tashkil qiladi. 45:0,01= 4500 ballar. Ushbu hisobga ko‘ra, me’yordan ortiq bagaj joyining haqini to‘lash uchun ishtirokchiga 4500 ball kerak bo‘ladi.

Agar me’yordan ortiq bagaj haqini to‘lash uchun qo‘llanilgan stavka yevrodan farqli boshqa valyutada e’lon qilingan bo‘lsa, u holda bunday tarif miqdori me’yordan ortiq bagaj uchun EMD rasmiylashtirilgan kunning (PSS tizimida) amaldagi kursi bo‘yicha Yevroda qayta hisoblanishi kerak.

OW yoki RT yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish uchun ekonom klassidan biznes-klassiga (bronlash kodi - Z) rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan ballar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Xizmat ko‘rsatish klassini bir tomonlama yo‘nalish bo‘yicha oshirishni hisoblash

ZOW   _      OW (EUR da) tarif to‘langan = upgrade OW 

                                                         0,01                                        

 

Xizmat ko‘rsatish klassini borish/qaytish yo‘nalishlari bo‘yicha oshirishni hisoblash

ZRT    _      RT (EUR da) tarif to‘langan = upgrade RT

                                                       0,01  

Bu yerda:

  • 0,01 – 1 sovrinli ballning qiymati;
  • ZOW и ZRT – bu bir tomonlama yoki ikki tomonlama yo‘nalish bo‘yicha biznes-klassda mukofotli aviachipta uchun sovrinli ballar soni
  • Upgrade OW/RT – xizmat ko‘rsatish klassini oshirishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan ballar soni.

Agar aviachiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif yevrodan farqli boshqa valyutada e’lon qilingan bo‘lsa, u holda bunday tarif miqdori aviachipta sotib olingan kunning (PSS tizimida) amaldagi kursi bo‘yicha yevroda qayta hisoblanishi kerak.

ESLATMA: Xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish bilan aviachiptalarni rasmiylashtirish,  faqat  xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun belgilangan shartlar imkon beradigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

SPA shartnomalari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlarga sotib olingan aviachiptalar uchun ikki tashuvchi o‘rtasidagi maxsus proreyt kelishuvi doirasida va har ikkala tashuvchining uchastkalarini o‘z ichiga olgan maxsus tariflar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish klassini oshirish mumkin emas.

Dasturning individual ishtirokchilari aviakompaniyaning ayrim xizmatlarini (agar ular mavjud bo‘lsa) sotib olishlari mumkin, lekin faqat ushbu shaxsiy hisob egasi uchun rasmiylashtirilgan chipta bo‘yicha sovrinli ballaridan foydalangan holda olishlari mumkin.

Individual ishtirokchilar tomonidan bagaj tashishning qo‘shimcha me’yorini sovrinli ballar yordamida to‘lash, AJ aviakompaniyasi saytida ushbu individual hisob egasi nomiga rasmiylashtirilgan aviachipta uchun quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Dasturning individual ishtirokchilari aviakompaniyaning ayrim xizmatlarini (agar ular mavjud bo‘lsa) sotib olishlari mumkin, faqat sovrinli ballar hisobiga to‘langan holda, ushbu individual hisob egasi uchun rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha.

SPA shartnomalari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlarga sotib olingan aviachiptalar uchun ikki tashuvchi o‘rtasidagi maxsus proreyt kelishuvi doirasida va har ikkala tashuvchining uchastkalarini o‘z ichiga olgan maxsus tariflar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish klassini oshirish mumkin emas.