
Hozirgi vaqtda "Uzbekistan airways" AJ qatnovlarida quyidagi chegirmalar va imtiyozlar amal qiladi
O‘quvchilar va O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘linmalari talabalariga
iqtisodiy klass tariflaridan 50 % chegirma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 22- dekabrdagi PF-517–sonli Farmoniga asosan har yili 28 -dekabrdan 10- yanvargacha bo‘lgan davrda beriladi. Ushbu chegirmafaqatgina iqtisodiy klass normal tarifidan (Y) beriladi.
Bolalar uchun chegirmalar AK barcha qatnovlarida qo‘llaniladi:
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - 90 % alohida joy ajratilmagan holda, iqtisodiy va biznes klassning barcha tariflaridan;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun – qo‘llanilayotgan iqtisodiy klass tarifining turiga qarab 33% dan 50 % ga qadar.
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun – biznes klass normal tarifining 50 % miqdorida.
- Toshkentdan Moskvaga, Sharjaga, Dubayga, Kuala-Lumpurga, Singapurga, Bangkokka, Istambulga borish va qaytish yo‘nalishlarida biznes klass tarifida bolalar uchun chegirmalar - biznes klass normal tarifining 25 % miqdorida, Toshkentdan Rigaga va Nyu-Yorkka esa biznes klass normal tarifining 5 % ni tashkil etadi.
imtiyozning amal qilish muddati tugagach keyingi tashuvlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi:
- UVU 1/2/3 –guruh nogironlariga, UVU 1/2/3 –guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.
- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.