Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Gold” statusini olish uchun ishtirokchi joriy kalendar yilining 12 oyi davomida 75000 status ballarini to‘plashi kerak. Status ballari har yili 10 yanvar kuni soat 23:59 da qayta hisoblab chiqiladi va nolga tenglashtiriladi. Agar “Gold” darajasini olish uchun zarur bo‘lgan status ballarining soni 12 oydan kamroq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, u holda status ballarining soni imtiyozli statusga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ballar soniga yetgan oyda Ishtirokchi “Gold” statusiga ega bo‘ladi. Ishtirokchining birinchi marta olgan “Gold” statusining amal qilish muddati 75 000 ta ballar to‘plangan sanadan boshlanadi va joriy yil oxirigacha va joriy yildan keyingi butun yil davomida amal qiladi. “Gold” statusining boshqa egalari uchun har yili 10 yanvarda status ballari nolga tenglashtiriladi va status ballari to‘plami hisoblagichi qayta hisoblashni boshlaydi. Status ballarini nolga tenglashtirish mukofotli xizmatlarni olish uchun foydalaniladigan faol ballarga ta’sir qilmaydi. 

Agar “Gold” status darajasining amal qilish muddatining oxirgi 12 oylari ichida ishtirokchi tomonidan tegishli imtiyozli darajani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan status ballarining kerakli miqdori to‘planmasa, u holda ishtirokchining statusi avtomatik ravishda bir darajaga pasaytiriladi.

“Gold” imtiyozli ishtirok etish darajalariga ega bo‘lgan karta egalariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi:

Karta egalarining imtiyozlari

“GOLD”

  1. Business Class shahobchasida ekonom klass  yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Ha

  1. Kutish ro‘yxatida bronni tasdiqlash uchun ustuvorlik  

Ha

  1. Qatnovga chiqishda ustuvorlik

Ha

  1. Tegishli shartnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda va ishtirokchi Ishtirokchilik Kartasini taqdim etganidan so‘ng, yo‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi  aeroportlaridan ketish / aeroportlariga kelish vaqtida Business Lounge zalida xizmat ko‘rsatish.

 

Ha

  1. Har qanday belgilangan bepul bagaj tashish me’yoriga mukofot tariqasida qo‘shimcha bagaj tashish.

Ha

1 joy 23 kg

“GOLD” darajasi bo‘yicha qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari quyidagilarni tashkil etadi:

Weight Concept - 23 kg;

Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 23 kg uchun 1 qo‘shimcha joy.