Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

alt

Bu yil aviakompaniya asos solinganining 32-yilligini nishonladi. Shu yillar mobaynida Uzbekistan Airways oʻzini ishonchli va xavfsiz aviatashuvchi sifatida namoyon qildi va xalqaro aviatsiya bozorida oʻz oʻrnini mustahkamladi. Fuqarolik aviatsiyasining faol rivojlanishi, malakali boshqaruv va xodimlarning yuqori darajadagi tayyorgarligi kompaniyamizning ijobiy imidjini shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Bugun Uzbekistan Airways Markaziy Osiyodagi yirik aviakompaniyalardan biri boʻlib, jadal rivojlanayotgan yoʻnalishlar tarmogʻi va havo parkiga ega. Aviakompaniya xizmatlar sifatini doimiy ravishda yaxshilash ustida ishlamoqda. Har yili biz yoʻlovchilarning ishonchini qozonishda davom etmoqdamiz, buni esa ortib borayotgan yoʻlovchilar soni ham  tasdiqlaydi: 2020 - 2021 yillar davomida, pandemiyadek ogʻir davrda, kompaniya 3 milliondan ortiq yoʻlovchini tashigan, 2022-yilda esa 4,2 million, 2023-yilda esa biz rekord darajadagi 5 million yoʻlovchini tashidik.

Hozirgi vaqtda Uzbekistan Airways aviaparki 39 ta havo kemasiga ega, ularning aksariyati dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilar - Boeing va Airbus tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy avialaynerlar. Oʻtgan 2023-yilda kompaniya beshta Airbus A320neo va ikkita Let L-410 havo kemalarini aviaparkiga qabul qilib oldi. Shuningdek, beshta ATR-72 rusumidagi avialaynerlari Silk Avia kompaniyasining havo parkiga qoʻshildi. Kelgusi 3-5 yil ichida 20 dan ortiq yangi havo kemalarini aviaparkka qoʻshish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yaqin yillarda Silk Avia aviakompaniyasining havo parkini toʻldirish ishlari koʻrib chiqilmoqda.

Aviatashuvlar  bozorining chuqur tahlili va boshqaruvga oqilona yondashuv tufayli Uzbekistan Airways parvozlar geografiyasini faol kengaytirib, har yili yangi yoʻnalishlarni ochmoqda. Hozirgi kunda biz dunyo boʻylab 75 dan ortiq yoʻnalishlarda parvozlarni amalga oshiramiz, 28 ta xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarimiz mavjud, boshqa xalqaro aviakompaniyalar bilan Interline va Code-share kelishuvlari asosida hamkorlik qilamiz. 2023-yilda Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekin, Jakarta, Urumchi, Bangkok va Phuketga parvozlarni tikladi. Shuningdek, Toshkentdan Myunxen, Anqara, Grozniy, Blagoveshchensk, Xabarovskka yangi muntazam reyslar ochildi. Natijada, 2023-yilda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 32 mingdan ortdi. 2024-yilning birinchi yarmida Rim, Mumbay, Batumi yoʻnalishlari boʻyicha reyslar tiklanishi hamda Nyachangga yangi muntazam aviaqatnovlar ochilishi kutilmoqda.

Ichki turizmni rivojlantirish va respublikamiz fuqarolari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Silk Avia aviakompaniyasining yoʻnalishlar tarmogʻini rivojlantirish hisobiga respublika ichidagi barcha yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar oshiriladi. Bundan tashqari, bir necha yillar oldin faoliyatini toʻxtatgan aeroportlar asta-sekinlik bilan ishga tushirilmoqda. 2023-yilda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Jizzax viloyatidagi Zomin aeroporti qurilish loyihasi amalga oshirildi. Joriy yilning 22-martida esa Qoʻqon aeroporti tantanali ravishda ochildi. Zomin va Qoʻqonga yoʻlovchi reyslari har kuni L-410 havo kemalarida amalga oshiriladi. Shuningdek, Nukus-Moʻynoq-Nukus yoʻnalishi boʻyicha yangi muntazam yoʻlovchi aviaqatnovlari joriy etilmoqda.

Yoʻnalishlar tarmogʻini rivojlantirish, parvoz sharoitlarini yanada qulay qilish hamda yoʻlovchilarimizga hamyonbop xizmatlar va mahsulotlar taqdim etish - kelgusi yillarda aviakompaniyamiz uchun asosiy vazifalardan biri. Oldinda koʻplab ishlar turibdi, yuqori professional va ahil jamoamiz bilan barcha rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga va mintaqadagi yetakchiligimizni saqlab qolishimzga ishonchimiz komil.

Uzbekistan Airways AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov