Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan airways” AJ yangi muntazam Toshkent—Myunxen—Toshkent yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan joriy yilning 19-sentyabridan chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qiladi.

Toshkentdan Myunxenga va qaytish yo‘nalishidagi ekonom klass aviabiletlarining narxi 520 yevrodan boshlanadi.

O‘zbekiston aviatashuvchisining Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlari 2020-yilning 1-aprelidan boshlab, har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda Uzbekistan airways haftada uch marotaba dushanba, payshanba va shanba kunlari Germaniyaning yirik iqtisodiy markazlaridan biri - Frankfurt shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.