Ijtimoiy imtiyozlar
Keksalar uchun turizm oyligi
2026-yil 15-oktyabrdan boshlab aviakompaniya tomonidan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida sayohat qiluvchilar uchun “Uzbekistan Airways” AJning respublika ichidagi yo‘nalishlari bo‘yicha 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabr kunlari amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga chegirmalar belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida istiqomat qiluvchi yoshga doir pensiya oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chegirma.
Chegirma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-213-sonli Farmoniga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aviachiptalarni rasmiylashtirish 50% chegirma bilan amalga oshiriladi.