Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJga parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi

Ulashing

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • 21 yoshdan 36 yoshgacha.

Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 20,5 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi; 

  • fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi;
  • ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tugallanganidan boshlab 2 (ikki) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri;
  • havo kemasida CPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;
  • havo kemasida CPL ruxsatnomasiga ega bo‘lib MPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 50 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;
  • qurilma bo‘yicha parvozga ruxsatga ega bo‘lishi (Instrument Rating);
  • ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;
  • “kamida 4 balldan iborat boʻlgan ICAO baholash shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi sertifikatiga ega boʻlish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, erkak nomzodlar uchun, harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;  

Nomzodlar elektron shaklda (PDF) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 

  • Ariza (ilova)
  • pasport nusxasi
  • FA uchuvchisi guvohnomasi
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari va h.k.;
  • qurilmalar bo‘yicha parvozga ruxsatga berilganligini tasdiqlovchi hujjatini (Instrument Rating);
  • ingliz tili darajasi ICAO 4 shkalasi va undan yuqoriligini tasdiqlovchi sertifikat;
  • harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi (harbiy xizmatga majburlar uchun);

Hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2025-yilning 8-sentabr kuni boʻlib oʻtadi.

Hujjatlarni quyidagi elektron manziliga PDF-formatida yuborishingizni so‘raymiz: pilot.career@uzairways.com 

Eslatma: 

O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar buni Arizada ko‘rsatishlari shart. Agar ushbu ma’lumotni yashirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlansa, ushbu nomzodlarni ko‘rib chiqish tanlovning keyingi protseduralarida bekor qilinadi.  

Ariza

AI Assistant
Yordam kerakmi?