Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Qum, kemalar qabristoni va texno: Moʻynoqdagi Stixiya festivali

Ulashing

sth1

May oyi boshida Moʻynoqda (Qoraqalpogʻiston) Stixiya festivali boʻlib oʻtadi va unga  butun dunyodan tashrif buyuradigan mehmonlar soni yildan-yilga ortmoqda. Siz texno-musiqa muxlisi boʻlasizmi yoki 80-yillarning  rok musiqasini  tinglaysizmi, bundan qat’i nazar Stixiya sizni qum boʻronlariga  maftun qiladi va jahon DJ-lari yoki qoraqalpoq xalqining madaniyati bilan tanishtiradi.

Qurib borayotgan Orol dengizi qirgʻogʻida koʻzga koʻrinmasada, hamma joyda mavjud tabiat kuchlari- toʻrt unsur tarovati bor: havo, suv, olov va yer. Bir  vaqtlar haqiqiy dengiz mavj urib turgan Moʻynoqda toʻrt unsurning barchasini, hattoki biz koʻrmaydigan suvni ham his qilasiz. Beshinchi unsur bu - barcha kuchlarni birlashtiradigan Inson.

Stixiya festivali bosh prodyuseri Otabek Sulaymonov va prodyuser hamda Toshkent ijodiy hamjamiyati MOK tashkilotchisi Odil Muxamedov bizga festivalning vazifalari haqida gapirib berdi: iste’dodlarni izlash, Orol dengizi muammosi. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi.

Stixiya  tashkilotchilari uchun yangi va hali kashf etilmagan joylarni topish mumkin boʻlgan sayyohlik yoʻnalishi sifatida Oʻzbekiston haqida gapirish juda muhimdir.

Moʻynoq-mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng murakkab hududi va hatto falokat zonasi. Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq shahriga tashrif buyurgan birinchi prezident boʻldi va bu shahar investitsiya va yangi gʻoyalar talab qilayotgani haqida butun mamlakatga bong urdi.

Xususiy sektorni ushbu mintaqa qiziqtirmaydi. Turizmni rivojlantirish uchun dengiz yoʻq, savdo-sotiq yoʻq. Agar biz Moʻynoq kabi olis hududda muammolarni hal qilishni oʻrgansak, butun mamlakat boʻylab muammolarni hal qila olamiz", - deydi Otabek.

sth2

Stixiya qanday paydo boʻldi?

Shaharning zerikarli va tushkin koʻrinishiga qarab bolalarda yangi gʻoya tugʻildi - plastinkalar olib kelib, musiqa qoʻyish va uncha katta boʻlmagan klipni suratga olish. Birinchi festivalda 50 kishi ishtirok etgan boʻlsa, ulardan 10 tasi voqea haqida tasodifan xabar topgan xorijliklar edi.

Festivaldan soʻng tashkilotchilar Stixiya ularning oldiga katta maqsadlar qoʻyganini angladilar.

Kimdir Orol dengizi muammosi orqali festivalga  odamlarni jalb qilayapsiz deyishi  mumkin. Lekin bu shaharni yaxshiroq qilishga yordam berarmikin? Odamlar mintaqaga qiziqish bildiradimi va ular bu yerga kelishga tayyormi? Biz uchun shaharning asosiy dushmani – bu  biz unga qarshi yana va yana  kurashadigan tushkunlik", - deydi festival tashkilotchilari.

Oʻzbekiston - sayyohlar uchun ekzotik mamlakat, Moʻynoq esa - yangi tuygʻularni his etish, hashamatdan butunlay voz kechib,  tabiat kuchini anglash imkoniyatidir.

Moʻynoqda mehmonxonalar faqat oʻtgan yildan paydo boʻla boshladi. Birinchi  va ikkinchi Stixiyada mehmonlar qulaylik haqida unutishlariga toʻgʻri kelgan edi. Lekin festivalning barcha mehmonlari uchun qulaylikdan koʻra, gʻayrioddiy narsalarni topish va koʻrish  istagi kuchliroq edi.

Agar ushbu festival Toshkentda oʻtkazilsa, shunchalik qiziqarli boʻlarmidi? Hoynahoy, yoʻq. Tashkilotchilar DJ-larga festival oʻtadigan joyning  fotosuratlarini yuborishlari bilanoq, ular hech narsa teng kelolmaydigan ajoyib muhit uchun unda ishtirok etishga rozi boʻlishadi.

Turizm vazirligi va Aziz Abduhakimovning qoʻllab -quvvatlashsiz loyihani amalga oshirish juda qiyin boʻlardi. Aziz bizni qoʻllab-quvvatlaydigan ilgʻor fikrlaydigan inson va davlatni qoʻllab-quvvatlash biz uchun juda muhim. Boshqa mamlakatlardan kelgan odamlar turizm vazirligi bizga yordam berayotganini bilishganda, hukumat texnofestivallar singari tadbirlani amalga oshirayotganini koʻrishganida juda hayron qolishadi. Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston festivallar mamlakatiga aylanishi kerakligi va buni ajoyib gʻoya deb hisoblashini  aytgandi, - dedi festival tashkilotchilari.

sth3

Bu yil qanday yangiliklar kutilmoqda?

Festival butunlay notijorat xarakterga ega boʻlsada, xarajatlarni qoplashi kerak. Bu yil festivalni uch bosqichda oʻtkazish rejalashtirilgan: elektron, progressiv va etnik. Shuningdek bu yerda, “Stihia Gen”, “Stihia Arts” va boshqalarni oʻz ichiga olgan turli ijtimoiy tashabbuslar ham boʻlib oʻtadi. Bu yil koʻproq yorituvchi moslamalar, koʻproq musiqa va DJ-lar boʻladi. Bundan tashqari, endi Stixiyaga tashrif buyurish uchun festivalga chiptalar sotib olish kerak. Chiptalarning narxi qimmat emas, shuning uchun agar kishi Stixiyaga kelishga tayyor boʻlsa, u chipta uchun 200 000dan 400 000 soʻmgacha sarflashga ham tayyor boʻladi.

Boshqa hamma narsa ilgarigidek – qum, musiqa va bir-biriga oʻxshash musiqa shinavandalari.

Umid qilamizki, oradan 10 yil oʻtib  Stixiya rivojlanish vositasiga aylanadi. Festivalga 30 000 gacha sayyohni jalb qilishni rejalashtiryapmiz. Global musiqa va ilmiy industriyaga yanada koʻproq integratsiya qiling. Misol uchun, Leonardo Di Kaprio bizning festivalimizga tashrif buyurganida ajoyib boʻlar edi, chunki u atrof-muhitni saqlab qolish uchun kurashadi. Yoki Festival forumiga Orol dengizining muammolarini muhokama qilish uchun mansabdor shaxslar yoki bosh vazirlardan biri keladi. Va menimcha, biz bunga erishamiz. Ehtimol, bir kun kelib Shavkat Mirziyoyev festivalni ochib berishi ham mumkin", - deydi prodyuserlar.

Eng muhimi, har bir insonda  hoxish boʻlsa bas. Oʻz Stixiyasini topish va u bilan uchrashish  istagi.