Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Main Line va Low Cost barcha qatnovlarida Ro‘yxatga olinadigan me’yoridan ortiq maxsus toifadagi qo‘shimcha bagajni joylar soni bo‘yicha tashishga qabul qilinishida tashish uchun to‘lov qoidalari

Ulashing

DIQQAT! Quyidagi buyumlar/to‘plamlar haqiqiy kattaligidan qat’i nazar, uch o‘lcham yig‘indisi 158 sm bo‘lgan bagaj joyi sifatida tashuv uchun qabul qilinadi. Agar belgilangan buyumlar/to‘plamlar mazkur turdagi bagajning eng og‘ir joyi uchun belgilangan vazndan oshsa, u holda ushbu toifadagi eng og‘ir yuk joyini to‘lash uchun belgilangan stavkadan tashqari yirik o‘lchamli bajaj uchunbelgilangan qo‘shimcha stavkalar undiriladi.

Maxsus bagaj nomlanishi

Olinadigan stavkalar miqdori

Tashuvga qabul qilish qoidalari

Me’yorga kiradi

1.

HK salonida og‘irligi 8 kg.dan oshmagan mayda jonivor va qushlar

0,5 stavkalar

Salondagi hayvonlar hayvonni tashish uchun so‘rovni majburiy ravishda bron qilish sharti bilan tashiladi (salonda tashiladigan hayvonlar uchun SSR kodi - rets) va tashuvchi tomonidan so‘rovni tasdiqlash sharti bilan tashiladi

 

 

 

Yo‘q

2. 1

Qafasdagi hayvonlar

23 kg.gacha (up to 23)

 

32 kg.gacha (up to 32)

 

50 kg.gacha (up to 50)

 

1 stavkalar

 

1,5 stavkalar

 

1 2 stavkalar

Uy hayvonlari va qushlarni ro‘yxatga olinadigan bagaj sifatida tashuvga bron qilish hayvonni tashish uchun soʻrov bronga majburiy kiritilganda va soʻrov tashuvchi tomonidan tasdiqlangan (bagaj-yuk bo‘limida АVIH tashiladigan hayvonlar uchun kod - SSR) va bunday hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etilgan hollarda amalga oshiriladi (sr. 6.8-b.).

 

 

 

Yo‘q

3. 1

Kabinada xizmat jonivori

 

Havo kemasi salonida, koʻzi ojiz va kar yoʻlovchilarga maxsus yoʻl koʻrsatuvchi itlar, boʻyinturuq (osheynik), tumshuqbog‘ (namordnik) bo‘lgan va u yo‘lovchining oyoqlari yoniga bog‘langan holda og‘irlik cheklovisiz va maxsus va/yoki me’yordan ortiq bagaj uchun to‘lovlarsiz tashuvga ruxsat beriladi. Kar yo‘lovchilar (DEAF) karligini tasdiqlovchi tegishli tibbiy hujjatlarga ega bo‘lishlari kerak. Koʻzi ojiz va kar yoʻlovchilarga maxsus yoʻl koʻrsatuvchi itlar, hissiy/ruhiy qo‘llab-quvvatlovchi itlar HK salonida ularga alohida joy ajratilmagan holda, ulardan foydalanadigan yo‘lovchining oyoqlari yoniga bog‘langan va hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etilgan hollarda og‘irlik cheklovisiz bepul tashuvga ruxsat beriladi. (sr. 6.8-b.)

 

4. 1

Sport anjomlari

15 kg.gacha (uрtо 15)

 

23 kg.gacha (up to 23)

 

32 kg.gacha (up to 32)

 

0,5 stavkalar

 

1 stavkalar

 

1.5 stavkalar

Sport anjomlarini tashish mazkur Qoidalarning 6.11-bandiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

 

 

Yo‘q

5. 1

Qurol

23 kg.gacha (up to 23)

 

32 kg.gacha (up to 32)

 

1 stavkalar

 

1,5 stavkalar

Qurol tashish mazkur Qoidalarning 6.5-band qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

 

Yo‘q

6. 1

Televizor

 

Stavka, bitta televizor bo‘lgan bagaj joyini to‘lash uchun e’lon qilingan.

 

 

23 kg.gacha (up to 23)

1,5 stavkalar

 

Yo‘q

 

32 kg.gacha (up to 32)

2 stavkalar

 

 

7.

Imkoniyati cheklangan yoki harakatchanligi pasaygan yo‘lovchilar uchun nogironlar aravachalari va boshqa yordamchi vositalar

 

I-guruh to‘lovlarsiz va EMD rasmiylashtirilmagan holda tashiladi

Imkoniyati cheklangan yoki harakatchanligi pasaygan yo‘lovchilar sayohat vaqtida o‘zi harakatlanishi uchun maxsus stul yoki boshqa yordamchi qurilmalarini bepul tashishi mumkin.

Agar yo‘lovchi bunday buyumlarni shaxsiy foydalanishi uchun tashimasa va ular erkin tashish uchun ruxsat etilgan joylar miqdoridan ortsa, ularning tashuviga me’yordan ortiq bagaj va zarur bo‘lsa, to‘lov qilingan xizmat ko‘rsatish klassi uchun belgilangan o‘lcham/vazn me’yoridan oshib ketgani uchun yig‘im undiriladi.

Nogironlar aravachalari mazkur Qoidalarning 6.3, 1.2, 6.3, 1.4-bandlar qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

Yo‘q

 

 

 

Ha

8

Qiymati e’lon qilgan tashiladigan bagaj joylari

Qiymati e’lon qilgan bagajni tashish uchun topshirishda qo‘shimcha to‘lov bagaj joyining e’lon qilingan qiymati miqdorining 4 %ga teng to‘lanadi

 

Ha

6.11. Sport anjomlarini tashish

Sport anjomlari to‘plamlari haqiqiy o‘lchamlaridan qat’i nazar, uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha 158 sm. (62 dyuym) o‘lchamdagi bagaj joylari sifatida qabul qilinadi. Bitta sport anjomlari to‘plamining og‘irligi 32 kg.dan oshmasligi kerak.

Sport anjomlari bepul bagaj stavkalariga kiritilmagan va bunday anjomlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

6-jadvalda faqat sport anjomlari bo‘lishi kerak bo‘lgan va yo‘lovchilar tomonidan tekshirilgan bagaj va qo‘l yuklarida tashiladigan oddiy kiyim-kechak, poyabzal va boshqa kundalik narsalarni o‘z ichiga olmaydigan sport anjomlari to‘plamlarining tavsiflari keltirilgan.

6-jadval

Sport anjomlari nomlanishi

Standart to‘plam tarkibi

1.

Sport velosipedi

Bitta o‘rin qadoqlangan velosiped - yo‘l (shahar), sayr qlish, shosse velosipedi, turing, tog‘ velosipedi, fetbayk, kruizer, gibrid, siklokross, unisikl, tandem, trek (poyga) yig‘iladigan velosiped.

Tashuvga benzin va elektr motorli velosipedlar ro‘yxatga olingan bagaj sifatida qabul qilinmaydi. Yig‘iladigan velosipedlar yig‘ilgan holatda tegishli quti/qadoqda tashilishi kerak. Boshqa velosipedlar ruli bir tomonga burilgan va mahkamlangan, pedallari mahkamlangan va qadoqlash materialiga o‘ralgan holda tashuvga qabul qilinadi.

2.

Qor yoki suv chang‘i anjomlari

Chang‘i anjomlarining 1 ta to‘plamiga quyidagilar kiradi:

bir juft chang‘i, bir juft chang‘i tayoqlari, bir juft chang‘i poyafzali yoki bir juft standart suv chang‘ilari yoki slalomli uchun bitta chang‘i.

3.

Golf anjomlari

Golf anjomlarining 1 ta to‘plamiga quyidagilar kiradi:

Klyushkalar to‘plami bilan 1 ta golf uchun sumka;

Koptokchalar to‘plami va ularning tutqichlari;

Golf uchun bir juft poyafzal;

Bitta alyuminiy golf aravachasi.

4.

Suv chang‘isi (syorfing) uchun anjomlar

Syorfing/kaytsyorfing/veykbording/yelkanli syorfing anjomlari to‘plamiga quyidagilar kiradi:

- 1 ta syorfing taxta;

- taxta uchun suzgichlar (plavnik) to‘plami – 3 donadan ortiq bo‘lmagan;

1 juft tutqichlar;

1 juft gidgokostyum;

Gidropoyabzal/gidroetik – 2 juftdan ortiq bo‘lmagan;

Umumiy og‘irligi 5 kg.gacha bo‘lgan boshqa buyumlar;

Vindsyorfing anjomlari to‘plamiga qo‘shimcha ravishda, g‘ilof ichidagi yelkan (machta) kiradi (g‘ilof og‘irligi to‘plamning umumiy og‘irligiga kiradi).

5.

Doska ustida turib eshkak eshish uchun anjomlar

Doska ustida turib eshkak eshish uchun anjomlari to‘plamiga quyidagilar kiradi:

SUР-bording uchun 1 ta havo bilan shishiriladigan doska,

1 ta nasos,

1 ta eshkak,

Anjomlar to‘plami sig‘adigan sumka.

6.

Suv osti suzish anjomlari

Quyidagi buyumlarning barchasi yoki bir qismi suv osti suzish (dayving) anjomlar to‘plamiga kiradi:

- nafas olish aralashmasi uchun 1 ta bo‘sh balonlar to‘plami;

1 ta regulyator;

1 ta g‘avvoslar kostyumi;

1 ta bosimni o‘lchash uchun qurilma;

1 ta niqob va 1 ta nafas olish naychasi;

1 juft last;

1 ta pichoq;

1 ta garpun quroli;

1 ta qutqaruv nimchasi;

1 ta og‘irlashtiruvchi (vazn) kamar.

7.

Baydarka va konoeda eshkak eshish anjomlari

1 ta to‘plam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Baydarka yoki kanoe;

1 ta eshkak.

8.

Baliq ovi uchun anjomlar

Baliq ovlash anjomlari to‘plamiga quyidagilar qiradi:

bitta idishga (g‘ilofga) qadoqlangan baliq ovlash vositalari to‘plami (to‘rlar, to‘rli qafas, g‘altak, simlar, ilgaklar, yuklagich, bog‘ichlar, xo‘rak va boshqalar);

1 ta g‘ilofga qadoqlangan 2 ta qarmoq.

9.

Xokkey anjomlari

Xokkey anjomlarining 1 ta to‘plamiga quyidagilar kiradi:

- xokkey o‘yinlari uchun ekipirovka bilan 1 ta baul;

- g‘ilofli 2 ta klushka;

10.

Deltaplanlar

Tashish uchun faqat o‘ralgan va qadoqlangan holda, uzunligi 2 metrgacha va diametri 30 dan 40 sm gacha bo‘lgan qutiga solingan holda qabul qilinadi.

Motorli va uchuvchilar uchun o‘rindiqli deltaplanlar faqat yuk sifatida tashish uchun qabul qilinadi.

11.

Qilichbozlik anjomlari

Qilichbozlik anjomlari bitta to‘plamiga quyidagilar kiradi:

Qilichbozlik uchun 1 ta sumkaga (niqob, yengil Kevlar kostyum yoki maxsus elektr kurtka, getralar, krossovkalar, qo‘lqoplar);

bitta g‘ilofda qurollar (qilichlar, rapiralar yoki shpagalar).

bitta g‘ilofdagi qurollar (saberlar, rapiralar yoki qilichlar).

12.

Snoubord

Snoubord uchun 1 ta to‘plamga quyidagilar kiradi:

Maxsus himoya vositalari (himoya shlemi, niqobi, tizza, tirsaklar va daxan himoyagichlari va boshqalar), poyabzal va uning qo‘shimchalari, Bitta g‘ilofga qadoqlangan bitta doska (snoubord).

13.

Skeytbordlar

Bitta g‘ilof yoki sumkaga qadoqlangan bitta skeytbord to‘plamiga quyidagilar kiradi:

- 1 ta doska (g‘ildirakli doska), g‘ildirak va uning qo‘shimchalari;

- himoya vositalari (shlem, tizza, tirsaklar va daxan himoyagichlari).

14.

Kamon otish anjomlari

Kamon otish anjom to‘plamiga quyidagilar kiradi:

kamon;

o‘qlar;

kolchan;

kraga;

barmoq yostiqchalari/qo‘lqoplar.

15.

Paraplanlar

To‘plamga quyidagilar kiradi :

qanot (gumbaz)

paraplanga ulanish uchun karabinalar bilan jihozlangan osish tizimi (moslama);

zaxira parashutini ishlatish uchun tutqich;

zaxira parashut;

ryukzak;

shlem va poyafzallar.