- 28-yanvarda «O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topganligining 25 yillik yubilеyi nishonlandi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Farmoni bilan «O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sohani modernizatsiya qilishda erishilgan yutuqlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, parvozlar xavfsizligini ta’minlash va sifatli havo transporti xizmatini ko‘rsatish borasida dunyoda munosib o‘rin egallaganligi va xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘layotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.
- Yana 4ta Boeing-787-8 Dreamliner va lizing asosida Airbus A320 Neo samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
- MAK Trenajor majmuasida Boeing 767 samolyotining Full-flight simulyatori o‘rnatildi.
- “MAI” aviakompaniyasi tashkil topganligining 20 yilligini nishonladi.
- Sayyohlarni Yaponiya shaharlaridan Samarqandga olib kelish bo‘yicha birinchi qatnov bajarildi.
- Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga qatnovlar boshlandi.
- O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi beminnat gumanitar dasturlarini amalga oshirgani uchun “AmeriCares” Xalqaro tashkilotining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
- Aviakompaniya “Miniralniyi Vodi” xalqaro aeroportiga parvoz qiluvchi aviataashuvchilar orasida eng punktual aviakompaniya deb topildi.
- "Тоshkent" xalqaro aeroportiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berildi.
- MAK bortkuzatuvchilari jamoasi “Sky service-2017” nufuzli ko‘rik-tanlovida golib bo‘ldi.
- «Buxoro», «Urganch» hamda «Samarqand» xalqaro aeroportlari 2016-yil natijalari bo‘yicha Fuqaro aviatsiyasi “Aeroport” assotsiatsiyasining “MDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovida yana bir bor g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. «Buxoro» aeroporti “Aeroport ravnaqiga qo‘shgan hissasi, «Samarqand» havo maskani “Faol ish olib borgan” va «Urganch» aeroporti “Jadal tarzda rivojlanayotgan aeroport” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
- «Boeing» korporatsiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasini Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilayotganligi uchun taqdirladi.
- Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk bor Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovi amalga oshirildi.
- O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Samarqand-Stambul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshira boshladi.
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «O‘rta Osiyoda yo‘lovchi aviatashuvlari bo‘icha yilning eng yaxshi aviakompaniyasi» nominatsiyasida Malayziyaning “Malaisia Airaportes Holding Berhad” tomonidan «KLIA Awards-2016» mukofotiga munosib deb topildi.
- Aviakompaniya “Krasnodar” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga aviatsion xizmat ko‘rsatish rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Bazel Aero” Aviatsion xolding tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Год
2017