Uzbekistan Helicopters aviaqatnovlarida tariflarni qo‘llash qoidalari
Barcha tariflar bagajsiz va qaytarilmaydi.
Amal qilish muddati – 3 oy.
“Uzbekistan Airways” aviaqatnovlarining boshqa tariflari bilan birlashtirish taqiqlanadi, ochiq sana bilan rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Parvozdan 1 soat oldin va parvozdan keyin sanani o‘zgartirish taqiqlanadi.
Qo‘l yukining ruxsat etilgan hajmi va vazni 1-joy, maksimum 5 kg, hajmi 90sm dan oshmasligi kerak.
Me’yordan yuqori bagaj stavkasi – 1-joy/15 kg – 10EUR, maksimal ruxsat etilgan yuk hajmi 115 sm.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar uchun chegirma miqdori - 25%, 2 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar uchun chegirma miqdori - 90%, hamrohi bo‘lmagan yosh bolalar ushbu qatnovlarda tashish uchun qabul qilinmaydi.
UzAirPlus dasturi ishtirokchilari uchun ushbu aviaqatnovlar bo‘yicha ballar hisoblanmaydi, SILVER/GOLD ishtirok etish darajalari uchun qo‘shimcha bagaj imtiyozlari taqdim etilmaydi.
Uzbekistan Helicopters aviaqatnovlarida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish va qaytarish uchun jarima to‘lovlari:
Yo‘nalish |
Tarif turi |
Qayta rasmiylashtirish/ Qayta bron qilish |
Qaytarish |
|
|
NO-SHOW holatlarida |
|||
Toshkent – Farg‘ona, Andijon, Namangan, Nukus, Urganch, Mo‘ynoq va qaytish
Urganch – Nukus, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Тermiz va qaytish.
|
Y / L / P / R |
10 EUR |
Taqiqlanadi |
Faqat e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi |
Respublika hududining boshqa barcha ichki yo‘nalishlariga. |
Y / L / P / R |
4 EUR |
Taqiqlanadi |
Faqat e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi |