В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта
Размер интерфейса

Включить озвучание

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Расстояние между символами
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Межстрочный интервал

Bugun Uzbekistan Airways "Haj-2025" dasturi doirasida Toshkentdan Madinaga ilk parvozni amalga oshirdi

Поделиться

Haj safariga yo‘l olgan muhtaram ziyoratchilarimiz mazkur ulug‘ ibodatni ado etish maqsadida tantanali tarzda kuzatilmoqda. Ushbu safar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, ziyoratchilar uchun xavfsiz, qulay va barcha talablarga javob beradigan parvoz sharoitlari yaratildi.

Joriy yilda umumiy 6 267 nafar ziyoratchi 13-28 may kunlari orasida mamlakatimizning sakkizta hududiy xalqaro aeroporti – Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridan Saudiya Аrabistonining Madina shahriga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ortga qaytuvchi qatnovlar – Jiddadan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga qaytishi 12–29 iyunь kunlari amalga oshiriladi. Mazkur bosqich doirasida 15 150 nafar ziyoratchining xavfsiz va barqaror tashuvi taʼminlanishi rejalashtirilgan.

Tantanali kuzatuv tadbirida Uzbekistan Airways rahbariyati ham ishtirok etib, tashkiliy jarayonlarni yaqindan ko‘zdan kechirdi va ziyoratchilarga samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Аlloh taolo ushbu safarni har bir ziyoratchi uchun muborak va manfaatli qilsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz fayzli va farovon bo‘lsin.

Скачать PDF