В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Включить озвучание

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Поделиться

Hurmatli aviaxodimlar!

Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni  o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz to‘rt yilligi va  21-oktabr – O‘zbek tili bayrami  kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ona tilimiz millatimiz tafakkurining bebaho xazinasidir.  Ijtimoiy hayotimizda eng muhim vosita sifatida tilimizning ahamiyati juda katta. Ona tili millatni millat ekanligini, birligini, hamjihatligini va o‘zligini anglatib turadi. Shunday ekan, ona tilimizni e’zozlash, munosib hurmat hamda ehtirom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir!

Sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!

“Uzbekistan Airways” AJ

Boshqaruvi raisi

Shuxrat Xudaykulov

 

Скачать PDF