Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways 24-Airbus A320neo havo kemasini qabul qildi

2024 8 May
303
Ulashing

Bugun, 8-may kuni Uzbekistan Airways aviaparki yana bir Airbus A320neo havo kemasi bilan to‘ldirildi. An’anaga ko‘ra, avialayner Toshkent xalqaro aeroportida suv arkasi bilan kutib olindi.

Foto1

UK32029 raqami bilan ro‘yxatga olingan Airbus A320neo Tayvandan yetib keldi va 170 o‘rinli ikki toifali klassga ega: 8 biznes-klass va 162 ekonom-klass o‘rindiqlari. Bortning o‘ziga xos xususiyati – uchuvchilar kabinasi oynalari atrofidagi qora ramkadir. Havo kemasini bo‘yash uchun aviatsiya sanoatidagi eng yaxshi emallardan biri AKZO NOBLE BCC tanlangan. Havo kemasi uzoq muddatli lizing asosida yetkazib berildi.

Yetkazib kelish aviakompaniyaning tajribali uchuvchilari – parvoz otryadi sardori o‘rinbosari Evgeniy Nagay va havo kemasi sardori Farhod Latipov amalga oshirdi. Havo kemasini qabul qilishda bortkuzatuvchi-instruktor Dinara Dadaboyeva ham ishtirok etdi. Avialayner tez yaqin kunlarda o‘zining birinchi yo‘lovchilarini qabul qilib, muntazam va charter aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Foto2

“Uzbekistan Airways yangi havo kemalar olish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston fuqarolariga dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilgan rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Aviakompaniyaning barcha avialaynerlari sifat, qulaylik, xavfsizlik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradi, shuningdek, Uzbekistan Airways’ni xalqaro maydondagi eng ishonchli aviatashuvchilardan biri sifatidagi maqomini mustahkamlaydi”, – deydi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuxrat Shavkatovich Xudaykulov.

Foto3

Airbus A320neo – mashhur Airbus A320 oilasining tor fyuzelyajli laynerlarining yangi avlodi. “neo” qisqartmasi “New Engine Option”, ya’ni “yangi talqindagi dvigatelli” degan ma’noni anglatadi, bu yoqilg‘i sarfini, foydalanish xarajatlarini va karbonad angidrid ishlab chiqarishini kamaytiradi, shuningdek, parvoz masofasi va yuk ko‘tarish imkoniyatini oshiradi.

Foto4

Bugungi kunda Airbus A320neo havo kemasi dunyodagi eng yaxshi o‘rta masofali avialaynerlardan biri bo‘lib, u eng yuqori darajadagi xavfsizlik va samaradorlikni taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, karbonad angidrid chiqindilari darajasi avvalgi avlodga nisbatan 20% ga kamaygan, bu esa havo kemasini o‘rta masofaga parvoz qiladigan xuddi shunday avialaynerlarga nisbatan ekologik toza bo‘lishiga olib keladi.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud. Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.

Aviakompaniya 2023-yilda 32 333 parvoz va 5 021 247  yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.

Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.

PDF-ni yuklab oling