Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

animal

Uy hayvonlari va qushlarni bagaj sifatida tashish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • hayvonlarni olib kirish va olib chiqish qoidalari va borish, uzatish, belgilangan mamlakatlarining veterinariya nazorati qoidalariga rioya qilgan holda;
  • hayvonlarni olib kirish va olib chiqish qoidalari va borish, uzatish, belgilangan mamlakatlarining veterinariya nazorati qoidalariga rioya qilgan holda;
  • veterinariya guvohnomasining mavjudligi va zaruriyat bo‘lgan holda, jonivorlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma, borish va belgilangan mamlakatlarining tegishli vakolatli tashkilotlaridan olingan hayvonlarni olib kirish yoki olib chiqish uchun ruxsatnomalar mavjud boʻlgan hollarda;
  • hayvonni tashish uchun soʻrov bronga majburiy kiritilganda va soʻrov tashuvchi tomonidan tasdiqlangan hollarda.

Uy hayvonlari va qushlar faqat katta yoshdagi yo'lovchilar bilan birga tashishga qabul qilinadi.

Hayvonlar va qushlarni tashish uchun yo'lovchi havo oʻtkazuvchi va yetarli hajmdagi konteynerni (qafasni) ta'minlashi shart. Konteynerning (qafas) pastki qismi suv o'tkazmaydigan va chang yutuvchi material bilan qoplangan bo'lishi va eshigi qulf bilan yopilishi zarur.

Yo'lovchi salonida tashiladigan hayvon qafasi (konteyner) qo'l yuki uchun belgilangan o'lchamlardan oshmasligi kerak (uch o'lchov qiymati bo'yicha 115 sm, tavsiya etilgan o'lchamlar 46x28x24 sm). Konteyner (qafas) dizayni havo bilan yetarlicha ta'minlanishi kerak. Konteynerning (qafas) pastki qismi suv o'tkazmaydigan va chang yutuvchi materiallar bilan qoplangan bo'lishi va eshigi qulf bilan yopilishi kerak. Istisno tariqasida, hayvonlar va qushlarni mahkam yopiladigan savat, sayohat sumkalari, havo kirishi uchun teshiklari bo'lgan qutilarda tashishga ruxsat etiladi. Qushlarning qafaslari qalin, yorugʻlik oʻtkazuvchi mato bilan yopilishi kerak.

Quyidagilarni havo kemasi yo'lovchi salonida tashishga ruxsat beriladi:

  • ogʻirligi konteyner (qafas) bilan birga 8 kg. dan oshmagan itlar, mushuklar, qushlar. Bunday hayvonlarning vazni bepul yuk tashish meʼyoriga kiritilmagan va ortiqcha yuk uchun belgilangan qoidalarga muvofiq to'lanadi;
  • koʻzi ojiz va kar yoʻlovchilarga maxsus yoʻl koʻrsatuvchi itlar og'irlikda cheklovlarsiz va/yoki ortiqcha yuk uchun to'lovlarni to'lamasdan, hayvonda boʻyinturuq (ошейник), namordnik bo'lgan va yo'lovchining oyoqlari yoniga bog'langan holda. Kar yo'lovchilar karligini tasdiqlovchi tegishli tibbiy hujjatlarga ega bo'lishi kerak.

Og'irligi 8 kg dan ortiq bo'lgan hayvonlar va qushlar faqat samolyotning bagaj va yuk bo'linmalarida ro'yxatdan o'tgan bagaj sifatida tashiladi.

Quyidagi havo kemalarining saloni va bagaj bo‘limlarida hayvonlarni tashish mumkin:

  • Boeing 767;
  • Boeing 787;

A320/A321 havo kemalarida hayvonlarni tashish faqat HK salonida mumkin.

L410 havo kemalarida hayvonlarni tashish nazarda tutilmagan.

Aviakompaniya uy hayvonlarini tashishni rad etish huquqiga ega yoki tezkor sabablar, havo kemasining turiga, yo‘nalishiga, tijorat va / yoki texnik sabablarga ko‘ra ularning sonini bir qatnovda cheklashi mumkin. Agar havo kemasining bagaj va yuk bo‘limi isitilmasa, u holda aviakompaniya uy hayvonlarini bagaj-yuk bo‘limida tashishni rad etishga haqli.